Atmosfera havosi ifloslanişini monitoring qiliş böyiça avtomatik stansiyalar ma’lumotlariga köra, 2025 yil 2 dekabr kuni soat 09:00 da Toşkent şahri havosida quyidagi körsatkiçlar qayd etildi:
- PM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori — 280 mkg/m³, bu ruxsat etilgan me’yor (PM) 300 mkg/m³ dan oşmagan;
- PM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori — 212 mkg/m³, bu esa ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 3,5 marta yuqori.
Ta’kidlanişiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratining keskin özgarişi ham ta’sir körsatgan. Harorat özgarişi inversiya jarayonini keltirib çiqaradi, bu esa mayda zarraçalarning havoning pastki qatlamlarida töplanişi va atmosferadagi konsentratsiyasi oşişiga sabab böladi.
PM2,5 — bu diametri 2,5 mkmdan kiçik bölgan mayda çang zarraçalaridir. Ular juda mayda bölgani uçun nafas yöllari orqali bevosita öpka töqimalariga, hatto qon tomirlarigaça yetib borişi mumkin.
Bu zarraçalar asosan avtomobil gazlari, issiqlik elektr stansiyalari, sanoat çiqindisi, kömir yoqiş, quriliş çanglari va boşqa yoniş jarayonlaridan hosil böladi. PM2,5 darajasi yuqori bölsa, yurak-qon tomir kasalliklari, bronxit, astma kuçayişi, boş oğriği, nafas qisişi kabi salbiy ta’sirlar xavfi ortadi.
Şuning uçun havo sifatida PM2,5 körsatkiçi alohida kuzatiladi va me’yordan oşganda niqob taqiş, ehtiyoj bölmasa köçada yurmaslik, ayniqsa bolalar, keksalar va yurak-öpkasida muammosi borlar uçun ehtiyot çoralari tavsiya etiladi.













