Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Sirdaryo viloyati Guliston şahridagi bozorlardan biri hududidagi ovqatlaniş şoxobçasida röy bergan portlaş oqibatlari yuzasidan ma’lumot berdi.
«2 dekabr kuni soat 10:49 da Guliston şahrining «Taraqqiyot» MFY hududida joylaşgan ovqatlaniş şoxobçasida sodir bölgan yonğin haqida tez tibbiy yordam Call-markaziga soat 11:13 da xabar kelib tuşgan. Tez tibbiy yordam brigadasi zudlik bilan soat 11:25 da voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordamni körsatgan.
Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyiş va tan jarohatlari olgan. Şundan 26 nafari Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli bölgani bois ambulator yordam körsatilib, uyiga javob berilgan», deyiladi vazirlik xabarida.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori Davron Tölaganov boşçiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qöşma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar şu kunning özida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat körsatmoqda.
Öta oğir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda şifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli öta oğir bölib, u sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan. Reanimatsiyadagi bemorlardan 5 nafari stabil oğir holatda, ular huşida va mustaqil nafas olmoqda.
Ayni paytda qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga köçirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham ahvoli qoniqarli bölib, ular tegişli bölimlarda muolaja olmoqda.
Şifoxonada bemorlar uçun zarur bölgan barça dori-darmonlar mavjud. Ularga tegişli standartlar asosida malakali tibbiy yordam körsatilmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi har bir bemor salomatligini öz nazoratiga olgan.
2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston şahridagi bozorlardan birida gazballon portlagandi.
Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi 2 dekabr kuni hodisa oqibatida vafot etganlar yöqligini ma’lum qilgandi.
Bundan oldinroq Sirdaryo viloyat IIB holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi (Odam ölişi yoki boşqa oğir oqibatlarga olib kelgan mehnatni muhofaza qiliş qoidalarining buzilişi) bilan jinoiy iş qözğatilib, 1 kişi protsessual tartibda qamoqqa olinganini xabar













