Tojikiston Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) bilan afğon çegarasida qöşma patrullik qiliş uçun rossiyalik harbiylarni jalb etiş imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb yozdi Reuters öz manbalariga tayanib.

Ötgan hafta davomida Afğoniston tomonidan öqqa tutilişi oqibatida Xitoyning Tojikistonda işlayotgan beş fuqarosi halok böldi, şunçasi yaralandi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1 dekabr kuni respublika kuç tuzilmalari rahbarlari bilan işçi yiğiliş ötkazdi, unda Tojikiston va Afğoniston örtasidagi çegaradagi vaziyat va uning qöriqlanişini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Respublika Xavfsizlik kengaşidagi manbaning Reuters agentligiga aytişiça, KXŞT kuçlarini jalb qiliş töğrisidagi qaror qabul qilinmagan va körib çiqilmoqda. Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni bilan tojik-afğon çegarasini birgalikda patrul qiliş uçun Rossiyaning Tojikistonda joylaşgan 201-harbiy bazasini jalb qiliş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.

«Biz hozirça (KXŞT bilan) muzokaralar olib bormoqdamiz va ular körib çiqiş bosqiçida», dedi manba va qaror şu hafta içida qabul qilinişini istisno etmadi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasidagi Reuters manbalari Rossiya bilan 201-harbiy bazani çegarani birgalikda qöriqlaşga jalb qiliş böyiça muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi. Agentlik suhbatdoşlariga köra, gap 201-bazaning aviatsiya guruhini jalb qilgan holda vertolyot patrul xizmati haqida ketmoqda.

Rossiyaning Tojikistondagi bazasi 2000-yillarning boşiga qadar tojik-afğon çegarasini qöriqlaş bilan şuğullangan, uning uzunligi 1 344 km bölib, toğli hududlardan ötadi. 2000-yillarning boşidan beri Tojikiston çegarani mustaqil ravişda qöriqlaydi.

Hozir KXŞT a’zolari soni oltita - Rossiya, Tojikiston, Qirğiziston, Belarus, Qozoğiston va Armaniston.