Ukraina uçuvçisiz apparati duşanbaga ötar keçasi, 3 dekabrda Tambov oblastidagi neft bazasiga hujum qildi. Bu haqda hudud gubernatori Yevgeniy Pervişov xabar berdi. Uning sözlariga köra, dron parçalari obekt hududiga tuşganidan söng yonğin kelib çiqqan, voqea joyida öt öçiriş xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar işlayapti. Pervişov jabrlanganlar bor-yöqligi va qaysi neft bazasi hujum obekti bölganini aniqlaştirmadi.

Ukrainaning Exilnova+ monitoring kanali ma’lumotlariga köra, zarba Tambovdan taxminan 45 km uzoqlikda joylaşgan Dmitriyevka posyolkasidagi Nikiforov neft bazasiga berilgan. U yerda dizel yonilğisini saqlaş uçun möljallangan umumiy hajmi 10 440 kub metr bölgan 14 ta rezervuar mavjud. Baza "Rosneft" kompaniyasiga tegişli bölib, yaqin vaqtgaça "Tambovnefteprodukt" tarkibiga kirgan, u noyabr oxirida "Voronejnefteprodukt"ga qöşib yuborilgan.

Bundan taşqari, şu keçasi — 3 dekabrga ötar tunda Voronej oblastidagi neft bazasi ham Ukraina dronlari hujumiga uçragani haqida hudud gubernatori Aleksandr Gusev xabar berdi. Uning aytişiça, urib tuşirilgan dron parçalari tuşişi natijasida bir neçta yonilği rezervuarlari "katta bölmagan darajada" zararlangan. Gusev qöşimça qilişiça, yonğin çiqmagan va jabrlanganlar yöq.

Bir kun oldin, 2 dekabrda, Ukraina dronlari Oryol oblasti Livni şahridagi "Rosneft" neft bazasiga zarba bergan edi. U yerda yonilği saqlanayotgan ikkita rezervuarda yonğin çiqqani xabar qilingan.

Rossiya Mudofaa vazirligining keçagi hisobotiga köra, ötgan tun Rossiya hududi ustida Ukrainaga tegişli 102 ta samolyot turidagi dron "tutib olingan va yöq qilingan". Eng köp dron Belgorod viloyati ustida qayd etilgan — 26 ta.

Hisobotga, şuningdek, Bryansk oblasti ustidagi 22 ta, Kursk ustidagi 21 ta, Rostov ustidagi 16 ta, Astraxan ustidagi 7 ta, Saratov ustidagi 6 ta va Voronej oblasti ustidagi 4 ta dron kiritilgan. Tambov oblasti vazirlik xabarida tilga olinmagan.