Chef Catering kompaniyasi bosh direktori Sardor Agzamov quyidagicha izoh beradi:

“Bizning asosiy maqsadimiz – mijozlarimiz faoliyatini quvvatlovchi ishonchli xizmat ko‘rsatish orqali ularning biznes salohiyatini yanada mustahkamlashdir. Ishchilarning samaradorligi to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishiga bog‘liq ekanini chuqur anglagan holda, biz ularning kundalik ovqatlanish sifatini eng yuqori darajada ta’minlashga intilamiz. Shu orqali mijoz kompaniyalarning ichki ish muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va umumiy natijadorlikka bevosita hissa qo‘shish biz uchun ustuvor vazifadir”.

Chef Catering 13 yildan beri keytering bozorida bo‘lib, bugungi kunga kelib nafaqat korporativ ovqatlanish xizmatlari bozorida, balki sifat, xavfsizlik va halollik borasida ham peshqadamga aylangan. Kompaniya bu darajaga yillar davomida mehnat, ichki intizom va jamoaviy fidoyilik orqali erishdi.

Xususan, Chef Catering O‘zbekistonda birinchi va hozircha yagona Halol sertifikatiga ega bo‘lgan keytering kompaniyasi hisoblanadi. Ushbu sertifikat diniy talablarga moslikni, ovqat pishirish jarayonlarining gigiyena, etik me’yorlar va shaffoflikka to‘liq mosligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, kompaniya xalqaro darajadagi FSSC 22000 (Food Safety System Certification) sertifikatiga ham ega bo‘lib, bu esa ovqat xavfsizligining yuqori standartlariga javob berayotganini anglatadi.

Chef Catering bugungi kunda 1 000 dan ortiq tashkilot bilan faol hamkorlik qiladi. Ular orasida kichik ofislar ham, yirik sanoat gigantlari ham bor. Kompaniya o‘z xizmatlarini 300 dan ortiq manzilda: zavodlar, fabrikalar, maktablar, bog‘chalar va ofislarda ko‘rsatmoqda.

Kompaniya ikki asosiy modelda xizmat ko‘rsatadi:

1. Maxsus ishlab chiqarish bazasida tayyorlangan ovqatlarni issiq holda va belgilangan vaqtda yetkazib berish;

2. Hamkor korxonalar hududida jihozlangan oshxonalarda taomlarni joyida tayyorlash.

Bu yondashuv mijozlar ehtiyojiga moslashuvchan xizmat ko‘rsatishga, tashkiliy yuklamalarni kamaytirishga va sanitar xavflarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Chef Catering kelajakda mintaqaviy ekspansiya, texnologik raqamlashtirish va eng asosiysi — “Halol va xavfsiz ovqat” tamoyilini ommalashtirishni maqsad qilgan. Kompaniya nafaqat xizmat, balki madaniyat, ishonch va strategik hamkorlik modeli sifatida rivojlanmoqda.