Toşkent viloyatida atmosferani ifloslantiradigan manbalarni aniqlaş uçun vertolyot patruli yölga qöyildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvçi manbalarni nazorat qilişni kuçaytiriş maqsadida maxsus komissiya Toşkent viloyatida vertolyot patrulini yölga qöydi. Bugungi aeropatrul davomida komissiya rahbarlari (A.Abduhakimov, D.Qodirov) vaziyat bilan şaxsan tanişdi hamda atmosfera havosining ifloslanişi böyiça aniqlangan holatlar yuzasidan tegişli çoralar körildi.

Aerokuzatuv ekologik me’yorlarni buzayotgan korxona va obektlarni, jumladan, yaşirin yoki yetib boriş qiyin bölganlarini tezkor aniqlaş imkonini beradi. Bunday yondaşuv monitoring samaradorligini sezilarli darajada oşiradi, noqonuniy taşlamalarni aniqlaşga va darhol çoralar körişga yordam beradi.

Maxsus komissiya ekologik vaziyatni barqarorlaştiriş va aholi salomatligini himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlarni davom ettiradi.