Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov 3 dekabr kuni Bryusselda Yevropadagi yetakçilarning xavfsizlik böyiça maslahatçilari bilan uçraşdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

Zelenskiyning tuşuntirişiça, Umerov Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari Andrey Gnatov bilan birga «Moskvada AQŞ vakillarining keçagi aloqalaridan söng ma’lum bölgan narsalar haqida Yevropadagi hamkasblarini xabardor qildi, şuningdek zarur xavfsizlik arxitekturasining Yevropa qismini muhokama qildi».

Şundan keyin Ukraina vakillari AQŞga jönab, u yerda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner bilan uçraşadi. Suhbat mavzusi — Kremlning muzokara pozitsiyasi va uruşni tugatişga oid Oq uy rejasi böladi.

2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni töxtatiş variantlarini muhokama qiliş uçun Moskvada Stiven Uitkoff va Jared Kuşner bilan uçraşdi.

Uçraşuv yakunlari haqida Putin yordamçisi Yuriy Uşakov ma’lumot berdi. Uning sözlariga köra, tomonlar kelişuvga erişa olmagan. U uçraşuv mazmunini oşkor qilişdan boş tortdi, «butunlay yopiq, maxfiy» suhbat bölganini aytdi, ammo Vladimir Putin Vaşington taklif qilgan «hududiy masalalarga oid qator takliflarga tanqidiy, hatto salbiy munosabat bildirganini» qayd etdi.

Uşakovning aytişiça, AQŞ vakillari Kreml pozitsiyasi haqida Trampga «şaxsan» hisobot beradi, şundan söng, ehtimol, Moskva bilan keyingi muhokamalar uçun telefon orqali boğlanişadi. Uitkoff va Kuşner bilan uçraşuv arafasida Putin Yevropa Donald Tramp taklif qilgan Ukrainadagi uruşni tartibga soliş rejasiga Kreml uçun «qabul qilib bölmaydigan» özgartişlar kiritganini aytgan edi.

Uruşni töxtatiş böyiça dastlabki reja 28 banddan iborat bölib, unga köra Luxansk va Donetsk viloyatlari, jumladan AQŞ tomonidan ham, amalda (de-fakto) Rossiya hududi sifatida tan olinişi kerak edi. Xerson va Zaporijjya viloyatlari esa frontning amaldagi çiziği böyiça taqsimlanişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, Tramp rejasiga binoan, Ukraina Qurolli kuçlari hozir Ukraina nazorati ostida bölgan Donetsk viloyati qismidagi qöşinlarini ham olib çiqişi lozim edi.

AQŞ va Ukraina vakillari örtasidagi muzokaralardan söng rejaga Kiyev va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari manfaatlarini köproq inobatga oladigan özgartişlar kiritildi. «RBK-Ukraina» manbalari ma’lumot berişiça, xususan, ukrain tomoni Ukraina Qurolli kuçlarining Donetsk viloyatidan çiqib ketişi «imkonsiz» ekanini qat’iy ta’kidlagan.