Bu davrda dunyo böyiça buklamafonlar yetkazib berilişi 14 foizga oşdi. Mutaxassislar fikriça, 2025 yil yakunida bu segmentdagi ösiş 15 yoki 16 foiz atrofida böladi. Buklama smartfonlarning umumiy bozordagi uluşi esa rekord darajada 2,5 foizga yetdi.
CR tahlilçilari eng ommabop brend va modellarni ham ma’lum qildi. Uçinçi çorakda Samsung 64 foiz uluş bilan birinçi örinda turdi. Keyingi poğonalarda Huawei 15 foiz va Motorola 7 foiz körsatkiç bilan joylaşdi. Eng köp sotilgan modellar Samsung Galaxy Z Fold 7, Huawei Mate Xs va Motorola Razr 60 böldi.

Tahlilçilar 2026 yilda yangi sakraş bölişini kutyapti. Sababi bu vaqtda bozor yanada tez hajm oşiradigan bosqiçga ötadi. Şu yili Apple özining birinçi buklama smartfonini namoyiş qilişi mumkin. Hisobot mualliflari raqobatning kuçayişi yangi formalar ustida köproq tajriba qilişga turtki berganini aytdi.
Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.












