Özbekistonda maktablarda qişki ta’til 28 dekabrdan boşlanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, vazirlik tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslaştirilgan maktablar va maktab-internatlari öquvçilari uçun joriy öquv yilining II çorak sönggi kuni 2023 yil 27 dekabr, qişki ta’tilning ilk kuni 28 dekabr sanaladi.

Ta’til 2024 yil 10 yanvargaça (14 kalendar kun) davom etadi.

Vazirlik xabarida aytilişiça, III çorak darslari 2024 yil 11 yanvardan boşlanadi.