Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro amerikalik tadbirkor Ilon Maskning ijtimoiy tarmoğiga 120 million yevro jarima solinişi "faqat boşlanişi" ekanligini aytdi.

Avvalroq Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Toma Renyye Yevrokomissiya raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunni buzgani uçun X platformasi 120 million yevro jarimaga tortilganini ma’lum qilgandi.

"Bizda yirik platformalar uçun şaffoflik majburiy tusga ega. Qoida hammaga bir xil. TikTok buni qabul qildi, X rad etdi. Yevrokomissiya keskin çora kördi va töğri qildi. Bu faqat boşlanişi", - deb yozdi Barro özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Yevrokomissiya iyulda X tarmoğini Yevroittifoqning raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunini buzayotgani haqida ogohlantirgan, qonunbuzilişlar bartaraf qilinmagan taqdirda kompaniyaga yillik aylanmasining 6 foizigaça miqdorda jarima soliş bilan tahdid qilgandi.

Yevroittifoqda raqamli xizmatlar töğrisidagi qonun 2023 yil avgustdan kuçga kirgan. Unga köra, raqamli platformalar irqçilik, giyohvandlik moddalari va qalbaki mahsulotlar savdosi, bolalar pornografiyasi va dezinformatsiyaga qarşi kuraşişi şart. 

Yevrokomissiya aniqlangan qonunbuzilişlar töğrisida X, Meta, TikTok kabi yirik platformalarga muntazam ravişda ogohlantirişlar yuboradi va sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qiladi.