Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafşon şahrida Toşkent viloyati prokuraturasi uçun avtoturargoh qurilişi yuzasidan tarqalgan muhokamalar böyiça munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, şaharda viloyat prokuraturasiga qaraşli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxşilaş böyiça kompleks loyiha moliyalaştirilyapti. Bu böyiça viloyat hokimining qarori qabul qilingan.
Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat körsatiş, elektromobillarni zaryadlaş nuqtalari, yaşil maydonlar, piyodalar yölaklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilişi, quyoş panellarini örnatiş nazarda tutilgan.
“Ajratilayotgan 4,5 milliard sömni faqatgina avtoturargoh uçun deb talqin etmaslik töğri bölardi. Qaror matnida muayyan sabablarga köra, mablağ ajratiş maqsadi “avtoturargoh majmuasi quriş uçun” deb emas, “avtoturargoh quriş uçun” deb izohlangani şunday bahsli muhokamalarga sabab bölganini tuşungan holda qöşimça izoh berişni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Ta’kidlanişiça, loyiha qiymati 5,9 mlrd sömga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmaçi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kuriliş-montaj işlari qiymati qayta körib çiqilib, ayrim iş turlari muvofiqlaştirilişi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd sömga maqbullaştirilgan.











