«Liverpul» mavsum startidagi ğalabali seriyadan keyin inqiroz köçasiga kirib qoldi. Va hozirça vaziyatni önglaşning imkoni bölmayapti. 6 dekabr kuni APLning navbatdagi turida mersisaydliklar yana oçko yöqotişdi: «Lids» bilan öyinda avvaliga jamoa 2:0 hisobida oldinga çiqib olgandi, keyin ikkita gol ötkazib yubordi, öyin oxirida Soboslai yana qizillarni hisobda oldinga olib çiqdi, ammo 90+6-daqiqada uçinçi gol ötkazib yuborildi (3:3). Sönggi 10 öyinda atigi ikki bor ğalabaga erişgan «Liverpul» turnir jadvalida sakkizinçi örinda bormoqda. Muxlislarning katta qismi boş murabbiy Arne Slot iste’fosini talab qilmoqda. «Lids» bilan öyindan keyin esa klubda navbatdagi jiddiy muammo paydo böldi. Jamoaning uzoq yillik yetakçisi, qatorasiga uç öyinda zaxirada qoldirilgan Muhammad Saloh jurnalistlar qarşisiga çiqdi hamda murabbiy bilan örtasidagi oldingi munosabat qolmaganini oçiq aytdi. Şuningdek, qişda ketişi mumkinligiga işora qildi.

U «Vest Hem» va «Lids»ga qarşi öyinda umuman maydonga çiqmadi, «Sanderlend» bilan öyinda esa ikkinçi bölimda zaxiradan tuşgandi.

Qatorasiga uç öyinda zaxirada qolişi Salohning «sabr kosasini töldirdi». Uning hisoblaşiça, Slot uni «Liverpul» muammolarida asosiy aybdor sifatida körsatmoqda.

Klubdan hafsalasi pir bölgani haqida

«Men juda-juda xafaman. Bu klub uçun yillar davomida, ayniqsa ötgan mavsumda qança mehnat qilganimni hamma körib turibdi. Bunga işona olmayman, yana 90 daqiqa zaxira örindiğida qoldirildim. Bu uçinçi martasi. Menimça, faoliyatimda ilk bor şunaqa bölmoqda. 

Men hozir zaxirada ötiribman va nega bunday bölganini bilmayapman. Aftidan, klub aybni menga ağdarmoqda. Men şuni his qilyapman. Menimça, bu mutlaqo ravşan: kimdir hamma ayb mening zimmamda bölişini xohlagan.

Klub yozda katta va’dalar bergandi, endi esa uç öyinda maydonga tuşirilmadim. Ular va’dasida turişdi deya olmayman.

Men bunday vaziyatga könika olmayman. Men bu klub uçun juda köp iş qilgandim».

Arne Slot haqida

«Men köp marta boş murabbiy bilan munosabatim yaxşi ekanini aytganman. Hozir esa heç qanday munosabat qolmadi. Menimça, kimdir meni klubda körişni xohlamayapti.

Yana bir bor aytaman: endi örtamizda heç qanday munosabat yöq. Juda yaxşi munosabat bölgandi, endi esa birdan yöq bölib qoldi. Keça u boşlanğiç tarkibda tuşmasligimni aytdi va men u bilan uçraşdim. U nimalar his qilayotganimni biladi. U bundan xabardor».

Kelajagi haqida

«Men doimo bu klubga muxlislik qilaman. Farzandlarim uni doim qöllab-quvvatlaydi. Men bu klubni juda yaxşi köraman va doimo şunday bölib qolaman. Keça onamga qönğiroq qildim – heç kim asosiy tarkibda çiqiş yoki çiqmasligimni bilmasdi, lekin men bilardim.

Keça [ota-onamga] aytdim: ««Brayton» bilan öyinga kelaveringlar. Öynaymanmi, yöqmi, buni bilmayman, ammo baribir zavq olaman. Tasavvur qilyapman, çunki bundan keyin nima bölişini bilmayman. Men «Enfild»da bölib, muxlislar bilan xayrlaşaman va Afrika Kubogiga yöl olaman. U yerdaligimda nima bölişini bilmayman».

Saudiya Arabistoniga ketişi ehtimoli haqida

«Men bu savolga javob berişni istamayman».

Şartnomasi haqida

«Uni imzolaganimdan afsusdamanmi? Bu savolga vijdonan javob beriş men uçun juda oğir. Bu oğriqli, hatto savolning özi ham oğriqli. Bu klub bilan şartnoma imzolaganim uçun men heç qaçon afsuslanmayman. Şartnomani uzaytirib, faoliyatimni şu yerda yakunlayman deb öylagandim.

Hammasi qaçondir, qandaydir tarzda tugaydi, lekin miyamda bir fikr aylanadi: «Nega hammasi aynan şunday tugaşi kerak?» Çunki men juda yaxşi holatdaman, atigi beş oy oldin men barça individual mukofotlarni qölga kiritgandim, nega endi hammasi şunday ketişi kerak? Keçirasiz, jamoadagilarning barçasi ham yaxşi formada emas, ammo hozir aynan men himoyalanişimga töğri kelmoqda».

Futbolçilar bilan munosabatlari haqida

«Yöq, yöq, yöq (unga jamoadoşlari pand bermadimi degan savolga javoban), bu yigitlar men ularni qançalik yoqtirişimni bilişadi. Ular öyindan oldin ham, öyindan keyin ham ularni qançalik qöllab-quvvatlaşimni bilişadi. Men tajribali futbolçiman. Men ularni doim qöllab-quvvatlayman, doim tajriba ulaşaman. Yöq, yöq, öyinçilarning bunga daxli yöq. Ular ham meni juda qöllab-quvvatlaşadi, şuning uçun örtamizda faqat ulkan muhabbat va hurmat bor».

Yana bir bor klub oldidagi xizmatlari haqida

«Klub uçun qilgan işlarimdan keyin bunaqa bölişi çindan oğriqli. Özingiz uçun tasavvur qilib körişingiz mumkin. Uydan çiqayotganingda bugun boşlanğiç tarkibda böliş-bölmasligingni bilmaysan. Men klubni juda yaxşi bilaman, men köp yillardan buyon şu yerdaman. Bilaman, ertaga [Jyeymi] Karrager yana va yana menga hujum qiladi – tanqid qilaversin, bu normal holat.

Men APLga kelganimdan keyingi davrda klub uçun barçadan köp gol urdim. Bu davrda butun APLda mendan köproq gol urgan va golli uzatma bergan boşqa kimdir bor deb öylamayman. Menimça, boşqa kimdir bilan bu iş sodir bölganda, klub yonini olgan bölardi. Men esa bunaqa vaziyatdagi yagona futbolçiman. Barça aytyapti: «Mo — muammo, demak uni çetga surib qöyiş kerak». Men esa muammo özimda deb öylamayman.

Men klub uçun borimni berdim. Öz örnim uçun har kuni kuraşişim şart emas, çunki u meniki, unga haqliman. Men klubdan kattaroq emasman, lekin men öynaşga haqliman».

Notöğri munosabat haqida

«Misol keltiriş kerakmi? Bu ahmoqlik, ammo afsusdaman. Yodimda, qaysidir pallada Harri Keyn ön öyinda gol urmagandi va mediadagilarning barçasi şunday degandi: «Harri gol uradi hali». Iş Salohga kelganda esa barça şunday demoqda: «U zaxirada ötirişi kerak». Uzr, Harri!»

Buyoğiga nima böladi?

Bu vaziyatda murabbiyning qarorini ham töğri tuşuniş mumkin: joriy mavsumda misrlik futbolçining öyinida jiddiy pasayiş yuzaga keldi. U mavsum startidagi 12 öyinda atigi tört gol urib, ikki assist amalga oşirgandi, bu esa ötgan mavsumdagi fenomenal körsatkiç (29 gol + 18 assist) bilan soliştirganda juda kamtarona körinadi. 

«Liverpul» muammolari fonida köplab muxlislar va ekspertlar Muhammad Salohning öyinidagi pasayişni alohida körsata boşlagandi.

33 yoşli futbolçi ötgan mavsumda şartnomasini 2027 yilgaça uzaytirgan.

13 dekabr kuni «Brayton»ga qarşi keçadigan öyin esa Saloh uçun klubdagi oxirgi öyin bölib qolişi mumkin. Şu bilan birga, ayrimlar u allaqaçon muxlislar bilan xayrlaşdi deb hisoblamoqda: «Lids» bilan öyindan keyin Mo maydonga çiqib, uzoq vaqt qoldi va tribunaga yiğilganlarni olqişlab turdi.

U dekabr oyining ikkinçi yarmida Afrika kubogi öyinlariga jönab ketadi, birinçi öyin – 22 dekabr kuni bölib ötadi. Agar Misr turnirda finalgaça yetib boradigan bölsa, u «Liverpul»ga 20 yanvardan oldin qaytmaydi.

Şuningdek, 2026 yilgi jahon çempionatigaça yarim yil qolmoqda, futbolçi turnirga borişi uçun sport formasini yuqori holatda saqlab turişi kerak böladi. U bu yarim yilni qayerda va qanday ötkazişi hozirça katta savol ostida.

Salohning oxirgi bayonoti Kriştianu Ronalduning «MYu»dan ketiş oldidan Pirs Morganga bergan maşhur intervyusini yodga solib yubormoqda. Uşbu jurnalist allaqaçon misrlik futbolçini ham özi bilan suhbat qurişga çorladi. Futbolçi bu taklifga rozi böladigan bölsa, portugaliyalik yulduznikidan köra şov-şuvliroq intervyu çiqişi mumkin.