Toşkent xalqaro aeroportiga 8 dekabr kuni eng kam uçraydigan bort - Ukrainaning «Antonov Airlines» aviakompaniyasiga tegişli yuk taşuvçi An-124-100M «Ruslan» yuk samolyoti qöndi.

Havo kemalarini suratga oliş bilan şuğullanuvçi «Uzbekistan spotters Team» havaskorlar klubi spotteri ulkan samolyot fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

Foto: Ruslan Muhiddinov

Ekipaj Xitoyning Urumçi aeroportidan parvozni amalga oşirdi, samolyot bortiga «Be brave like Kharkiv» («Harkiv kabi jasur böl») yozuvi tuşirilgan bölib, Rossiya bosqiniga qarşi kuraşgan Harkiv şahrining matonati va jasorati olqişlangan.

An-124 - Antonov konstruktorlik byurosi tomonidan işlab çiqilgan sovet transport samolyoti. U dunyodagi seriyali işlab çiqilgan eng yirik yuk samolyotidir. «Ruslan» uzunligi 69 m, qanotlari uzunligi 73 m, yuk kötariş quvvati 120 tonna, maksimal tezligi 865 km/soat. Samolyot birinçi parvozini 1982 yil 24 dekabrda Kiyevda amalga oşirdi. Hammasi bölib 56 ta maşina işlab çiqildi.

An-124 hamon katta ölçamli va öta oğir yuklarni taşişda yetakçi samolyot bölib qolmoqda, u 1050 m3 hajmli ulkan yuk kabinasiga ega. Uning öziga xos xususiyati yukni bir vaqtning özida ikki tomondan yuklaş imkonini beruvçi trapli burun va quyruq yuk lyuklarining mavjudligidir.