Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasining yana ikki fuqarosi va beşta yuridik şaxsini sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Xususan, çeklov çoralari "rus olami" ideologi, falsafa doktori Aleksandr Dugin va "Rybar" Telegram-kanali orqali materiallar çop etuvçi bloger Mixail Zvinçukka nisbatan joriy etildi. Bu haqdagi ma’lumot yangilangan hujjatda keltirilgan bölib, u seşanba, 9 dekabr kuni Britaniya hukumati saytida e’lon qilindi.

Taşkilotlar orasida Dugin asos solgan Geosiyosiy ekspertizalar markazi, Zvinçukning "Rybar" loyihasi va şu nomdagi Telegram-kanali, Rossiya Taşqi işlar vazirligi hamda "Rossotrudniçestvo" tomonidan tuzilgan Çet elda istiqomat qiluvçi vatandoşlar huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasi, şuningdek, Belgiyada joylaşgan rus tilidagi "Golos" va Euromore medialoyihalari bor.

Sanksiyalar Birlaşgan Qirollikka kirişni taqiqlaşni, şuningdek (mavjud bölgan taqdirda) aktivlarni muzlatib qöyişni nazarda tutadi.

Britaniya hokimiyati ma’lumotlariga köra, uşbu barça tuzilmalar "Ukrainani beqarorlaştirişda iştirok etadi", ya’ni Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti yoki mustaqilligiga tahdid soluvçi harakatlarni qöllab-quvvatlaydi yoki ilgari suradi, yoxud "Rossiya hukumatini qöllab-quvvatlagani uçun foyda köradi".

Londonning asoslariga munosabat bildirib, "Rybar" kanali şunday yozdi: "Maxsus harbiy operatsiya boşlanib, 4 yil ötgaç e’tibor berişdi" (Rossiyada Ukrainaga qarşi uruş şunday ataladi. – Tahr.). Şu bilan birga, kanal mualliflari, aslida sanksiyalar joriy etilişining haqiqiy sababi "loyiha jamoasining Britaniyaning Rossiya va dunyodagi destruktiv ta’siriga qarşi olib borayotgan faoliyati" ekanligiga işonç bildirdi.

Dugin esa özini qora röyxatga kiritiş böyiça qarorni izohlamadi.