Yevropa Ittifoqining Ukraine Facility yordam mexanizmi doirasida Ukraina yaqin vaqtlarda taxminan 2,3 mlrd yevro miqdoridagi oltinçi tranşni oladi, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqi Kengaşi payşanba, 11 dekabr kuni. Qonun çiqaruvçi organ saytidagi bayonotda ta’kidlanişiça, «uşbu summa Ukraina tomonidan oltinçi tranşni oliş uçun zarur bölgan sakkiz qadamni muvaffaqiyatli ado etgani, şuningdek, törtinçi tranşdan qolib ketgan bitta bajarilmagan qadamni ham tugallaganini aks ettiradi».
Qayd etilişiça, mablağlar, avvalo, «Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlaş va uning davlat boşqaruvi faoliyatini qöllab-quvvatlaş» uçun möljallangan. Umumiy hisobda, Ukraina hozirgi paytga qadar Ukraine Facility dasturi doirasida talab qilingan 68 şartning 63 tasini bajargan.
Avvalgi, 1,8 mlrd yevrodan ortiq miqdordagi tranş joriy yil noyabr oyi boşida Kiyevga ötkazilgan edi. YeI Kengaşi keyingi tranşning tez orada berilişini Ukraina tomonining «Yevroittifoqqa qöşiliş maqsadlariga mos keladigan islohotlar ötkazişga sadoqati» bilan izohladi.
Bundan oldin Kiyevga tölovlar 2025 yil avgust oyida (3,2 mlrd yevro) va aprel oyida (3,5 mlrd yevro), şuningdek 2024 yil dekabrida (4,1 mlrd yevro) va avgust oyida (4,2 mlrd yevro) ma’qullangan edi.
2024 yil mart oyida işga tuşirilgan Ukraine Facility yordam mexanizmi 2027 yilgaça möljallangan bölib, şu muddat davomida YeI Ukrainaga «barqaror va oldindan taxmin qilinadigan moliyaviy yordam» sifatida 50 mlrd yevrogaça mablağ ajratişi mumkin, deb yozadi Yevrokomissiya sayti.
Olti tranşdan taşqari, YeI Ukrainaga 6 mlrd yevro miqdorida oraliq moliyalaştiriş va 1,89 mlrd yevro miqdorida avans moliyalaştiriş ham bergan.
Bryusselda ta’kidlanişiça, Ukraine Facility doirasidagi tölovlar mamlakatning aniq tiklaniş va islohotlar rejasini amalga oşirişi, şuningdek demokratik mexanizmlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini qöllab-quvvatlaşi bilan boğlangan. Tölovlar Yevrokomissiya şartlar bajarilganini tekşirgandan söng har çorakda amalga oşiriladi.












