2026 yilda Özbekiston yangi konlarni işga tuşiriş hisobiga qazib oliş hajmining keskin kamayiş tendensiyasini barqarorlaştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda 11 dekabr kuni Qonunçilik palatasi yiğilişida Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, sohadagi vaziyat tabiiy resurslarning «tabiiy kamayib borişi» sababli hanuz «murakkabligiça» qolmoqda.
«Albatta, eng dolzarb mavzularimizdan biri bu uglevodorodlarni qazib çiqariş. Bu böyiça aytib ötiş kerakki, olib borilayotgan işlarga qaramasdan, yildan yilga haqiqatda 85 foiz konlarimizning resursi tugaganligini inobatga olib, ulardagi qazib çiqariş tempi, bosimi juda keskin tuşib ketyapti», dedi Mirzamahmudov.
Uning sözlariga köra, prezident topşiriğiga asosan, istiqbolli hududlarga geologiya qidiruvi uçun qöşimça kuçlar va qöşimça mablağlar ajratilgan.
«Buning natijasida, Qoraqalpoğistonning Ustyurt hududida, Möynoq tumani hududida yangi kon oçildi. Va eng quvonarlisi, uşbu konni hozirgi kunda tizimga ulab, ikkita quduği ulanişi natijasida [sutkasiga] qöşimça 3 million kub metr gaz qazib çiqariş imkoniyati paydo böldi», dedi vazir.
Ta’kidlanişiça, yil yakunigaça yana yettita quduqni burğulaş rejalaştirilmoqda, hozir quvurlarni olib kelib, ulaşga tayyorgarlik olib borilmoqda. Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan geologiya-qidiruv işlari boşlangan, «Özbekneftgaz» öz loyihalarini davom ettirmoqda.
«Umid qilamizki, keyingi yili yangi konlar hisobidan gaz qazib çiqariş keskin pasayişi tendensiyasini barqarorlaştirişga erişamiz», dedi vazir.












