Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika: tijorat tashkilotlarining asosiy qismi MChJ
2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 318,3 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) bo‘lib, umumiy korxonalar sonining 78,5 foizini tashkil etgan.
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil 1 dekabr holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan tijorat tashkilotlari soni va ularning tashkiliy-huquqiy shakllar bo‘yicha taqsimotini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda jami 405,5 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular orasida mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustunlik qilib, 318 313 tani tashkil etgan. Bu umumiy korxonalar sonining 78,5 foiziga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, tijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
- MChJ — 318 313 ta (78,5 foiz);
- xususiy korxonalar — 46 996 ta (11,6 foiz);
- oilaviy korxonalar — 36 292 ta (8,9 foiz);
- aksiyadorlik jamiyatlari — 639 ta (0,2 foiz);
- boshqalar — 3 283 ta (0,8 foiz).
Mazkur ma’lumotlardan kelib chiqib, mamlakatda tijorat tashkilotlarining aksar qismi MChJ shaklida faoliyat yuritishi kuzatilayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
17:14 / 21.02.2026
Kartadan pul o‘tkazmalarining 46 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan tranzaksiyalar – Markaziy bank
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
10:39 / 20.02.2026
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
12:36 / 19.02.2026