Eko-stiker kimlarga şart emas?

Nizom talablari quyidagi transport vositalariga nisbatan qöllanmaydi: 

  • Özbekiston hududi orqali tranzit harakatlanayotgan transportlar;
  • Özbekistonda 90 kungaça vaqtinça bölib turgan transport vositalari;
  • elektromobillar va elektromototsikllar;
  • mototsikl, skuter, moped va uç ğildirakli transportlar;
  • tezkor va maxsus xizmat transportlari;
  • jamoat transporti (taksi va yönalişli taksidan taşqari);
  • qişloq xöjaligi texnikalari;
  • “nogironligi bölgan şaxs” belgisi örnatilgan transport vositalari. 

Qanday qilib olinadi?

Eko-stikerni olişning asosiy ikki yöli bor: Yangi/qayta röyxatdan ötkazişda — röyxatga oliş yoki qayta röyxatdan ötkaziş jarayonida bepul beriladi. Foydalanişdagi avtoulovlar — egasi xohişiga köra, ixtiyoriy murojaat asosida rasmiylaştiriladi. 

Qayd etilişiça, stiker old oynaning pastki öng burçagiga, salon tomondan yopiştiriladi. 

Eko-stiker muddati qança?

Eko-stikerlar muddatsiz beriladi. Biroq quyidagi holatlarda qayta rasmiylaştiriladi: 

  • transport egasi yoki davlat raqami özgarsa;
  • old oyna almaştirilsa;
  • stiker şikastlansa yoki öçib ketsa. 

Diagnostika qaçon kerak böladi?

Ekologik toifa, odatda, işlab çiqaruvçi tasdiqlagan “Yevro” standartiga köra belgilanadi. Agar ekologik sinf aniq bölmasa, diagnostika tekşiruvlari natijasi asosida belgilanadi; tekşiruvlar IIV huzuridagi maxsus ekologik operatorlar tomonidan ötkazilib, ma’lumotlar yagona elektron tizimda qayd etiladi. 

Şuningdek, transport egasi yilda bir marta bepul qayta diagnostika ötkazib, ekologik toifani yaxşilaş huquqiga ega ekani ham körsatilgan.