Qabul qilingan qarorga muvofiq, Malikaxon Qalandarova sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga, shundan besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Abrorxon Akramov, Jahongir Jo‘rayev, Nosir Zaynobidinov, Mansurbek Qurbonov, Jamoladdin Quryozov, O‘ktam Mamadiyev, Shuhrat Mullajonov, Umida Nishonova va Odiljon Turdiyev o‘n yillik muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O.Ismoilov Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, T.Mirzayev, M. Eshimbetov, B. Ergashev, shuningdek, o‘z arizasiga binoan A.Bekmanov Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.











