Ukraina delegatsiyasi — unga mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi rahbari Rustam Umerov boşçilik qilmoqda — Mayamida AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakillari bilan olib borilgan muzokaralarni yakunladi. Uçraşuv mahalliy vaqt bilan juma kuni, 19 dekabr kuni bölib ötgani va u tugagani haqida Umerov özining Telegram kanalida xabar qildi.

Umerov muhokama tafsilotlarini keltirmadi, ammo uçraşuvda Kiyevning “yevropalik hamkorlari” ham iştirok etganini qayd etdi. “AQŞda amerikalik va yevropalik hamkorlar bilan uçraşuvni yakunladik. Uning natijalari böyiça Ukraina prezidentini xabardor qildim. Amerikalik hamkorlarimiz bilan keyingi qadamlar va yaqin vaqt içida qöşma işni davom ettiriş böyiça kelişib oldik”, — deb yozdi u.

AQŞga safar oldidan Umerov Mayamida tomonlar 23 noyabr kuni Jyenevada Ukraina va AQŞ delegatsiyalari uçraşuvida muhokama qilingan işlanmalarni körib çiqişini ta’kidlagan edi. Ular esa, öz navbatida, “Trampning Ukraina böyiça rejasi” deb ataluvçi hujjat asosida tayyorlangan.

20 va 21 dekabr kunlari Mayamida Rossiya delegatsiyasi kelişi kutilmoqda — unga Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev boşçilik qiladi. U, şuningdek, AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner bilan muzokaralar ötkazadi.

Uitkoff va Kuşner 14–15 dekabr kunlari Berlinda Ukraina delegatsiyasi bilan ham muzokaralar olib borgan, unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham qatnaşgan edi. Öşa uçraşuvlar natijasida amerikaliklar tomoni Ukrainaga Rossiya boşlagan uruş yakunlansa, xavfsizlik kafolatlari berilişini va’da qilgan.

OAV ma’lumotlariga köra, Tramp rejasidagi asosiy kelişmovçilik nuqtalaridan biri — Rossiya tomonidan hali egallanmagan Donetsk va Luxansk viloyatlari hududlarini amalda Rossiyaga topşirişni nazarda tutuvçi band bölgan. AFP agentligi qayd etişiça, Berlindagi uçraşuvda Moskvada yaxşi qabul qilinadigan Kuşner va Uitkoff ham aynan şu talabni ilgari surgan.

Hujjat muhokamasi fonida hududlarni topşiriş talabi Kreml tomonidan oçiq va tez-tez yangray boşladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu talablarni Kiyev uni bajarmasa, Ukraina hududlarini kuç bilan egallaş tahdidlari bilan uyğunlaştirmoqda. 19 dekabr kuni ötgan özining “töğridan töğri liniya”sida Kreml rahbari yana bir bor şu hududiy da’volarni tilga oldi.

Ukraina esa, Volodimir Zelenskiy bir neça kun avval aytganidek, Donbassni na de-fakto, na de-yure Rossiyaniki deb tan olmaydi. Ukraina rahbarining sözlariga köra, AQŞ bu masalada “murosa izlamoqda”