Ukraina va Amerika delegatsiyalari 21 va 22 mart kunlari Floridada bölib ötgan navbatdagi muzokaralar raundi çoğida Ukraina xavfsizligi kafolatlari va Rossiya tomoni bilan asirlar almaşinuvi masalalarini muhokama qildi. Bu haqda 22 mart, yakşanba kuni keçqurun Ukraina delegatsiyasi rahbari, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (MXMK) kotibi Rustem Umerov Facebook’da ma’lum qildi.

“Uçraşuvlar davomida işonçli xavfsizlik kafolatlari va humanitar yönalişga, xususan, fuqarolarimizni almaşiş va qaytariş masalalariga e’tibor qaratdik. Pozitsiyalarni muvofiqlaştirişda siljiş bor va hal etilmagan masalalar doirasi yanada qisqarmoqda”, — deyiladi uning Facebook’dagi xabarida.

Umerov, şuningdek, erişilgan “dinamika” Ukrainadagi Rossiya boşlagan uruşni yakunlaş böyiça uçraşuvlarning keyingi bosqiçlariga ötiş imkonini berişidan umid bildirdi, ammo boşqa tafsilotlarni keltirmadi.

“Bu konstruktiv muzokaralar keçagi yutuqlarning davomi böldi va Ukraina uçun barqaror hamda işonçli xavfsizlik tizimini yaratişning asosiy masalalariga, şuningdek, mintaqadagi nihoyatda muhim gumanitar çoralarga qaratildi”, — deb yozdi AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff muzokaralarning ikkinçi kuni yakunlanganidan söng X ijtimoiy tarmoğida.

Uitkoffning ma’lum qilişiça, Amerika delegatsiyasi tarkibiga undan taşqari AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner va Oq uyning katta maslahatçisi Joş Gryunbaum kirgan. Ukraina delegatsiyasi tarkibida esa Rustem Umerovdan taşqari prezident ofisi rahbari Kirill Budanov, şuningdek, siyosatçilar David Araxamiya va Sergey Kislitsa bölgan.

Muzokaralar yakunlariga izoh berar ekan, prezident Volodimir Zelenskiy Telegram’da uruş tugaganidan keyin Kiyev işonçli xavfsizlik kafolatlarini olişi zarurligini ta’kidladi. U, şuningdek, Rossiya tomoni bilan asirlar almaşinuvini davom ettiriş imkoniga oid “signallar” mavjudligini ma’lum qildi.

Uşbu raund arafasida Zelenskiy Floridadagi Ukraina delegatsiyasining asosiy vazifasi Rossiya delegatsiyasi iştirokidagi kelajak uç tomonlama muzokaralarni tayyorlaş bölişini aytgan edi.

“Köproq aniqlik istayman”, — deb ta’kidlagandi öşanda Ukraina prezidenti.

Rejaga köra, AQŞga taşrif çoğida Amerika tomoni bilan PURL (Prioritised Ukraine Requiremens List — “Ukraina uçun ustuvor ehtiyojlar röyxati”) dasturini davom ettiriş masalasi ham muhokama qilinişi kerak edi. Bu dastur doirasida NATO böyiça hamkorlar Ukraina ehtiyojlari uçun Amerikada işlab çiqarilgan qurollarni, jumladan Patriot havo mudofaa tizimlari uçun raketalarni sotib oladi.