Energetika vazirligi xabarida qayd etilişiça, 22 dekabr kuni soat 10:00–16:00 oraliğida Özbekiston böyiça barça “metan zapravka”lar ştat rejimida işlaydi.
Vazirlik mazkur vaqt oraliğida haydovçilarga metan quyiş xizmati odatdagi tartibda körsatilişini bildirgan.
Sönggi haftalarda ayrim hududlarda metan quyiş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinçalik grafik asosida taşkil etilayotgani haqida xabarlar berilgan.
Xususan, avvalroq Kun.uz xabarida “Hududgazta’minot” filiallari ma’lumotlariga tayanilgan holda hududlar kesimida iş vaqtlari turliça belgilangani va çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan qaror asosida kiritilgani keltirilgan.
Bunday çoralar sovuq kunlarda aholi va ijtimoiy infratuzilmani gaz bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida vaqtinça joriy etilgan. Şuningdek, 11 dekabr kuni Energetika vazirligi şoxobçalar iş faoliyati çeklanişi haqida ma’lum qilib, bu qaror qöşni davlat gaz tizimidagi nosozliklar ortidan import hajmi qisqargani bilan izohlangani aytilgan.
“Hududgazta’minot” gaz quvurlarida bosimni me’yorga keltiriş böyiça işlar olib borayotgani, çeklovlar vaqtinça ekani bildirilgan.











