Lev Tolstoy nomidagi tinçlik mukofoti hay’ati raisi, dirijyor Valeriy Gergiyev Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston yetakçilari Şavkat Mirziyoyev, Imomali Rahmon va Sadir Japarovga mukofot medallarini topşirdi.

Uç mamlakat yetakçisi Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan şaxsiy hissasi uçun uşbu mukofotga munosib deb topilgan. 

Tolstoy mukofoti Rossiya Tarix jamiyati va Rossiya Tinçlik fondi tomonidan ta’sis etilgan bölib, u uruşning oldini oliş, köpqutbli va zöravonliklarsiz dunyo barpo etiş hamda tinçlikni mustahkamlaş borasidagi ulkan xizmatlar uçun beriladi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida bölib turibdi. 

Özbekiston yetakçisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengaşining navbatdagi majlisida kuzatuvçi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etadi.