2026 yil 1 yanvardan “Ekologik transport” tizimi kuçga kirmoqda. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX matbuot kotibi Zoyir Yöldoşev ma’lumot berdi. Mutaxassis jarimalar miqdori va ularning qöllanişi tartibiga aniqlik kiritmadi.
—Eko-stikerlar uç xil — yaşil, sariq va qizil rangda böladi, — dedi Zoyir Yöldoşev. — Dastlab maşinasi sariq yoki qizil stiker olgan haydovçi stikerlar rangini özgartiriş huquqiga ega. Mamlakatimizdagi barça hududlarda diagnostik markazlar faoliyati yölga qöyilgan. Sariq yoki qizil stiker olgan fuqarolar transport vositalarini şu diagnostik körikdan ötkazib, stikerlari rangini özgartirişi mumkin. Masalan, qizil stikerli avtomaşinalar toza hududga kirmoqçi bölganida bevosita xabari berib boriladi. Çunki transport vositalari töğrisidagi ma’lumotlar va hisobotlar Yöl harakati xavfsizligi tizimida elektron tarzda yuritib boriladi. Bu borada yagona elektron tizim mavjud. Bugungi kunda markaziy şaharlarning aksariyat qismida dasturlaştirilgan kameralar va kuzatiş imkonini beruvçi boşqa vositalar mavjud.
Mutaxassisning sözlariga köra, jarima qöllaş tizimi 2026 yil 1 yanvardan boşlanmaydi. Eko-stiker rangi mos kelmaydigan hududga kirilganda haydovçilarga tegişli tartibda jarimalar qöllaş 2 yildan söng boşlanadi.












