Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 dekabrdagi 776-son qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan “Kelajak” markazlarida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi

  • Toshkent shahrida — 30 foiz; 
  • viloyatlar markazlarida — 25 foiz; 
  • respublikaning qolgan tuman (shahar)lari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shahrida — 15 foiz; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 10 foiz. 

Shuningdek, qarorda 2026 yil 1 sentabrdan mazkur to‘lovlar miqdori oshirilishi ham ko‘zda tutilgan (Toshkentda — 60 foiz, viloyat markazlarida — 50 foiz, qolgan tuman/shaharlarda — 30 foiz, Qoraqalpog‘iston va Xorazmning qolgan tuman/shaharlarida — 20 foiz). 

Qaror 2025 yil 11 dekabrdan kuchga kirgan.