Ta’lim | 18:06 / 17.09.2025
2492
3 daqiqa o‘qiladi

Respublika «Kelajak» markazi tashkil etiladi

Markazda malakali mutaxassislar hamda nodavlat o‘quv markazlarini jalb etgan holda to‘garaklar tashkil etiladi.

Foto: Getty images

«Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

- «Barkamol avlod» respublika bolalar maktabi hamda Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika «Kelajak» markazi;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) «Barkamol avlod» bolalar maktablari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) «Kelajak» markazlari;

- Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari «Kelajak» markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari.

«Kelajak» markazining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

2026 yil 1 sentabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab maslahatchilariga lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

Qarorga ko‘ra, «Kelajak» markazlariga quyidagilar ruxsat etiladi:

- shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat o‘quv markazlarini jalb etgan holda to‘garaklar tashkil etish;

- ota-onalar badali to‘lovini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika bo‘yicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish.

2026 yil 1 yanvardan «Kelajak» markazida o‘qiganlik uchun ota-onalar badali to‘lovining minimal miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.

«Kelajak» markazlari kontingent soni bo‘yicha ikkita guruhga ajratiladi. Bunda kontingent soni 600 nafargacha bo‘lgan «Kelajak» markazlari – II guruhga, 601 nafar va undan ortiq bo‘lganda – I guruhga tegishli hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) «Kelajak» markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

- markazlardagi to‘garaklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yo‘nalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;

- inklyuziv to‘garaklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq to‘lanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid