Ğarbning köplab mamlakatlarida 25 dekabrda nişonlanadigan Rojdestvo arafasida Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Mark Ryutte Kiyev ittifoqçilarini Ukrainani qöllab-quvvatlaşni susaytirmaslikka çaqirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rahbarligidagi Rossiya NATOga a’zo davlatlardan biriga hujum qilib qolişining oldini oliş uçun Ukraina kuçli holatda qolişiga erişiş zarur, deya ta’kidladi Niderlandiyaning sobiq boş vaziri dpa agentligiga bergan intervyusida. Intervyu seşanba kuni, 23 dekabrda, e’lon qilindi.
Şu bilan birga, NATO a’zolari joriy yil iyun oyida Haagada bölib ötgan sammitda qabul qilingan qarorga amal qilişi, 2035 yilga qadar mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigaça yetkazişi kerak, dedi u. “Agar biz şu ikki işni qilsak, özimizni himoya qiliş uçun yetarliça kuçli bölamiz va Putin heç qaçon bunday qilişga (NATO tarkibidagi biror davlatga hujum qilişga — Tahr.) urinmaydi”, — dedi Mark Ryutte.
Mudofaa xarajatlarini oşiriş haqida gapirganida, u alohida ravişda Germaniyani ta’kidladi. “Germaniya hozir qilayotgan işlar haqiqatan ham ta’sirli, — dedi u. — Germaniyasiz heç narsa çiqmaydi. U boşqalarga özining yetakçi rolini körsatişi kerak — va u buni qilyapti”. Ryutte Berlin mudofaa xarajatlarini YaIMning 3,5 foiziga 2035 yilgaça emas, balki 2029 yilga qadar yetkazişni maqsad qilganini eslatdi. 2024 yilda Germaniyaning mudofaa xarajatlari YaIMning 2 foizini taşkil etgan.
Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi fikriça, qurol-yaroğni köpaytiriş juda tez sur’atlarda keçişi kerak. “Maxfiy xizmatlarning turli baholaşlariga köra, vaziyat 2027, 2029 yoki 2031 yildan boşlab xavfli tus olişi mumkin”, — deya ogohlantirdi u. Rossiya tomonidan bölişi mumkin bölgan tahdid haqida gapirar ekan, Ryutte hozirgi kunda RF öz budjetiga kiritilgan mablağlarning taxminan 40 foizini harbiy ehtiyojlarga sarflayotganini eslatdi.
“Bundan taşqari, Ukrainadagi uruşdan körinib turibdiki, Putin 1,1 mln odamni qurbon qilişga tayyor”, — dedi NATO boş kotibi, Rossiya tomonidan halok bölganlar va yaralanganlar soni böyiça baholarni nazarda tutgan holda.
Jurnalistlarning AQŞning Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça sa’y-harakatlari kelayotgan yilda muvaffaqiyatli bölişi mumkinmi, degan savoliga NATO boş kotibi başorat qilişni istamasligini bildirdi. “Faqat şuni ayta olamanki, amerikaliklar, yevropaliklar va, albatta, ukrainlar bu borada nihoyatda jiddiy mehnat qilyapti”, — dedi dpa suhbatdoşi.
Şu bilan birga, Mark Ryutte uruş tugagandan söng mustahkam xavfsizlik kafolatlari berilişi kerakligini qöşimça qildi: “Putin şuni bilsinki: agar u yana bir bor bunday qilişga (Ukrainaga hujum qilişga — tahr.) urinsa, javob vayronkor böladi”.

















