Mustaqil Ukraina tarixidagi eng jiddiy siyosiy mojaro markazida bölgan Timur Mindiç topildi. Uni Ukraina maxsus xizmatlari, Budanov boşçilik razvedkaçilar yoki politsiyaçilar emas, oddiy ukrainalik jurnalist topdi. Muxbir Mindiçni rasmga olib, undan intervyu olişga ham ulgurdi.

Isroil pasporti bilan

Voqea tafsilotlariga töxtalişdan avval Timur Mindiç kim ekanini qisqaça eslab olamiz. Mindiç prezident Zelenskiyning dösti, u bilan birga maşhur «Kvartal-95» studiyasiga asos solgan odamlardan biri. Zelenskiyni oligarx Kolomoyskiy bilan aynan Mindiç taniştirgani aytiladi. Ukrainlar orasida «Zelenskiyni oligarx Kolomoyskiy prezident qilgan», degan miş-miş azaldan maşhur.

Ana şu Timur Mindiç oddiy kinoprodyuserlikdan bir dumalab butun boşli Ukrainaga elektr yetkazib beradigan eng yirik taşkilot — «Energoatom»ning norasmiy xöjayiniga aylanib qoladi. Uruş davrida mamlakat energotizimi doimiy Rossiya hujumiga uçragaç, «Energoatom» Ukraina uçun eng muhim strategik obektlardan biriga aylandi. Hatto hukumat qarori bilan heç kim «Energoatom»dan sud orqali pul ololmasligi belgilandi. Bir söz bilan aytganda, «Energoatom» heç kim tegolmaydigan taşkilotga aylandi.

Bundan foydalangan prezident Zelenskiyning dösti Timur Mindiç «Energoatom» bilan şartnoma imzolaydigan har bir taşkilotdan pora olib, kamida 100 million dollar pul öğirlagan. Ukraina hukumati va prezidentiga böysunmaydigan mustaqil aksilkorrupsiya taşkilotlari bu jinoyatni oçib, rasman tergov boşlaşidan bir neça soat avval Timur Mindiç törva-xaltasini yiğiştirib, Isroilga qoçib ketgandi. Ukraina hukumati uni qidirişga urinmadi ham, lekin jurnalistlar bu işni davlatning örniga bajarib, sovuqda issiqlik va elektrga ehtiyoji ortgan, tört yildan beri uruşib holdan toygan ukrain xalqini ömarib kelgan Mindiçni topdi.

Demak «Ukrainskaya pravda» gazetasi jurnalisti Mixail Tkaç qidiruvda bölgan Timur Mindiçni izlab, kutilganidek Isroildan topdi. Mindiç yahudiy, unda Isroil pasporti ham bor. Şu uçun uruşayotgan davlat fuqarolarini ömarib bölgaç, xotirjamgina Isroilga qoçib ketgan.

Jurnalist bilan suhbatda Mindiç öziga qarşi ayblovlarni «manipulyatsiya» deb atagan. Axir qaysi korrupsioner öğri «Ha, men kambağal xalqning, yetim bolalarning, yolğiz onalar, nogironlarning haqqini bezbetlarça ömarganman, uruş ketayotgani ham meni töxtata olmagan», deb aytardi?

Şuningdek, Mindiç Ukrainaga qaytiş niyati yöqligini aytgan. «Isroil fuqaroligi juda qulay», deydi jurnalist. «UP» e’lon qilgan suratga qaraganda, Mindiç u bilan gaplaşişni istamagan. Lekin qaysar jurnalist intervyu olişni uddalabdi. Gazeta tez orada suhbatni e’lon qiladi.