Iqtisodiyot | 13:51
580
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xizmatlar bozori 14,6 foizga o‘sdi

2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga yuqori.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mni tashkil etdi. Qayd etilishicha, hisob-kitoblarda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalari ham inobatga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga oshgan.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi yillar kesimida (yanvar–noyabr) quyidagicha qayd etilgan:

  • 2025 yil — 916 trln so‘m;
  • 2024 yil — 735,6 trln so‘m;
  • 2023 yil — 574,8 trln so‘m;
  • 2022 yil — 329,3 trln so‘m;
  • 2021 yil — 257,2 trln so‘m.

Keltirilgan raqamlar xizmatlar sohasida o‘sish tendensiyasi barqaror davom etayotganini ko‘rsatmoqda — 2025 yilning 11 oyida bozor xizmatlari hajmi so‘nggi yillar ichida eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi.

Mavzuga oid