Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 11 oy yakunida mamlakatning çakana savdo tovar aylanmasi 403 trln sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oşgani bildirildi. Şu bilan birga, 1 dekabr holatiga çakana savdo sohasida faoliyat körsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 197 taga yetgan.

Ulgurji savdo segmentida ham ösiş qayd etilgan. Ma’lumotlarga köra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 443,4 trln sömni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 12,8 foiz ösgan. 1 dekabr holatiga esa respublikada ulgurji savdo sohasida 51 497 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Statistika qömitasi taqdim etgan körsatkiçlar savdo sohasida faollik ortganini, bozorda tovar aylanmasi kengayayotganini hamda çakana va ulgurji segmentlarda korxonalar soni barqaror saqlanayotganini körsatişi ta’kidlanmoqda.