Joriy yil 28 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov va Özbekistonning Kuvaytdagi elçisi Ayubxon Yunusov Damaşq şahriga taşrif buyurdi, deya xabar berdi SSP matbuot xizmati.
Taşrif doirasida Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Ala Omar al-Ali hamda boş direktori Muhammad Omir al-Homisiy bilan uçraşuv bölib ötgan.
Ma’lumot uçun, Suriya Savdo palatalari federatsiyasi — Suriyadagi barça hududlardagi savdo palatalarini birlaştiruvçi markaziy taşkilot hisoblanadi. U xususiy sektor manfaatlarini davlat darajasida ifodalaydi. Bugungi kunda federatsiya Damaşq, Aleppo, Xoms, Hama, Latakiya va boşqa mintaqalar savdo palatalari hamda minglab xususiy kompaniya va tadbirkorlarni özida birlaştirgan.

Muzokaralar davomida Özbekiston va Suriya örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, tadbirkorlar örtasida töğridan töğri aloqalarni yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Suriya tomoni mamlakat uzoq yillik notinçlikdan söng oçiq iqtisodiy siyosatga qaytib, investitsiya va sanoatni rivojlantirişga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
Özbekiston mahsulotlariga, xususan elektrotexnika, quriliş materiallari va oziq-ovqat sanoati mahsulotlariga Suriya bozorida qiziqiş yuqori ekani qayd etildi.
Tomonlar ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari örtasida uzviy hamkorlikni yölga qöyiş taşabbusini qöllab-quvvatlab, Özbekiston tadbirkorlari kelasi yilda Damaşqda ötkaziladigan «Damascus International Fair–63» xalqaro körgazmasida iştirok etişga taklif etildi.
Şuningdek, 2026 yilning birinçi çoragida Suriyaning yirik tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasining Özbekistonga taşrifini taşkil etiş, biznes-forum va B2B uçraşuvlar ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 25 noyabr kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida prezident Şavkat Mirziyoyev kelgusi yil boşidan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatçilari iş boşlaşini qayd etgandi.












