Germaniya terma jamoasining sobiq yarimhimoyaçisi Toni Kroos futbol böyiça 2026 yilgi jahon çempionatining asosiy favoritlarini aytdi.
Uning fikriça, bular Ispaniya, Portugaliya, Fransiya va Marokaş terma jamoalaridir.
«Germaniyani asosiy da’vogarlar qatorida körmayapman. Jamoa çorak yoki yarim finalgaça borişiga işonçim komil», — deya qöşimça qildi Kroos.
Avvalroq superkompyuter qaysi mamlakat jamoasi jahon çempioni bölişini aniqlagandi. Unga köra, Ispaniyaning çempion böliş ehtimoli 17 foizni taşkil etadi. Keyingi örinda esa Fransiya joylaşgan.
2026 yilgi jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgaça bölib ötadi. Unda ilk bor 32ta örniga 48ta terma jamoa kuç sinaşadi.












