Faqat AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi uruşni töxtatişga majbur qila oladi. Bu fikrni NATO boş kotibi Mark Ryutte Germaniyaning Bild gazetasiga bergan intervyusida bildirgan. Intervyu yakşanba, 28 dekabr kuni naşr saytida e’lon qilingan.
Ryuttening sözlariga köra, Tramp “bu uruşni tugatişga butunlay e’tibor qaratgan”. “U Ukrainadagi uruşni yakunlaşni istaydi. U — Putinni muzokara stoliga ötirişga majbur qilgan yagona inson, va oxir-oqibat uni tinçlik kelişuvini tuzişga majbur qila oladigan ham yagona inson”, — dedi NATO boş kotibi.
Şu bilan birga, u tinçlikka erişiş uçun murosalarga boriş talab etilişini qayd etdi: “Tinçlik şartnomalarida har doim şunday böladi”. Biroq qaysi tomon qanday yon berişi kerakligiga Ryutte aniqlik kiritmadi.
Donald Tramp prezidentligi davrida AQŞ Ukrainaga kömakni töxtatib qöyişi mumkin, degan xavotirlarni Mark Ryutte, öz sözlariga köra, bölişmaydi. U, şuningdek, Tramp davrida ham AQŞ NATOga sodiq qolişiga işonişini bildirdi — demak, Rossiya hujum qilgan taqdirda yevropaliklar Moskvaga yakka holda qarşi turib qolmaydi.
Nega Ukrainadagi uruşni töxtatiş şunçalik qiyinligi haqidagi savolga javob berar ekan, Mark Ryutte şunday dedi: “Putin öz vatandoşlaridan 1,1 million nafarini qurbon qilişga tayyor. Şu bilan birga, joriy yilda u faqat juda kiçik yutuqlarga erişa oldi”. Uning aytişiça, Rossiya Ukrainaning maydoni jihatidan juda kiçik qismlarini bosib olgan — ular mamlakat hududining 1 foizidan kamini taşkil etadi. Ammo NATO hisob-kitoblariga köra, buning uçun 1,1 milliongaça kişi halok bölgan yoki yaralangan. NATO boş kotibining ma’lum qilişiça, Rossiya Qurolli kuçlarining oylik yöqotişlari 25 ming kişini taşkil etadi.
NATO boş kotibi Ğarbning Ukrainaga beriladigan xavfsizlik kafolatlari masalasini hal qiluvçi, deb atadi. Uning sözlariga köra, Rossiya prezidentini Ukrainaga qaytadan hujum qilişdan tiyib turişi mumkin bölgan uçta omil bor:
“Birinçi darajada — Ukraina qurolli kuçlari. Ular a’lo darajada tayyor holatda bölişi kerak (…) Ikkinçisi — Fransiya va Buyuk Britaniya yetakçiligidagi, Germaniya va iştirokçi boşqa davlatlardan iborat ‘köngillilar koalitsiyasi’. Bu koalitsiya Ukraina QKdan taşqari ravişda ham Putin yana (hujum qilişga) jur’at etmasligi uçun zarur bölgan barça narsani ta’minlaydi. Uçinçisi — AQŞ. Amerika prezidenti avgust oyida Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarida iştirok etişni istaşini aytgan”.

















