Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda aloqa-axborotlashtirish xizmatlari tarkibi ma’lum qilindi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 70,6 trln so‘mni tashkil etgan. Sohada eng katta ulush kompyuter dasturlashtirish xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 70,6 trln so‘mga yetgan.
Qayd etilishicha, xizmatlar turlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kompyuter dasturlashtirish xizmatlariga to‘g‘ri kelib, ushbu yo‘nalishda 29,8 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 22,6 trln so‘mni tashkil etgan. Axborot sohasidagi xizmatlar esa 11 trln so‘m qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aloqa-axborotlashtirish sohasidagi boshqa xizmatlar hajmi 7,2 trln so‘mga teng bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ko‘rsatkichlar raqamli xizmatlarga bo‘lgan talab ortib borishi, dasturiy mahsulotlar va telekom infratuzilmasining kengayishi hisobiga shakllanmoqda.
Mavzuga oid
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026