Isroil yangi yildan boşlab Ğazo sektorida «xavfsizlik va şaffoflik standartlari» talablarini bajarmagan 37 ta notijorat nodavlat taşkiloti (NNT) faoliyatini töxtatdi. Ular 1 martdan keçiktirmay hududni tark etişi kerak.
Qora röyxatga kiritilganlar orasida eng maşhur gumanitar taşkilotlar, jumladan, «Çegara bilmas şifokorlar», «Dunyo şifokorlari», Norvegiya qoçqinlar işlari böyiça kengaşi va boşqalar bor.
Isroilda ma’lum qilinişiça, yangi qoidalarga köra, taşkilotlar litsenziyani uzaytiriş uçun öz xodimlari haqidagi batafsil ma’lumotlarni öz içiga olgan hujjatlarni taqdim etişi kerak edi. Arizalar bir qator asoslarga (Isroilning yahudiy va demokratik davlat sifatida mavjudligini rad etiş, mamlakatni obrösizlantiriş kampaniyalarini tarğib qiliş, taşkilot yoki uning xodimlaridan birining Isroilni boykot qilişga çaqirişi va boşqalar) köra röyxatdan ötkazişni rad etiş huquqini olgan idoralararo guruh tomonidan körib çiqildi.
Rasmiylarning aniqlik kiritişiça, qoidalarni kuçaytiriş zarurati xavfsizlik xizmatlarining ayrim nodavlat taşkilotlarning terrorçilar bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlari bilan boğliq.
Isroilning Falastin anklaviga bir qator NNT kirişini yopiş qarori dunyoning kamida 10 ta davlati tanqidiga uçradi. Qöşma bayonotda Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Yaponiya, Norvegiya, Şvetsiya va Şveytsariya taşqi işlar vazirlari Ğazoga gumanitar yordam körsatişda NNT muhim rol öynaşi va ularning faoliyatini çeklaşga qaratilgan har qanday urinişni «qabul qilib bölmasligini» bildirgan. Ular Isroilni insonparvarlik guruhlariga Ğazoda «doimiy va oldindan aytib böladigan asosda» işlaş imkoniyatini ta’minlaşga çaqirdi.












