Eronning yuqori martabali amaldorlari AQŞ prezidenti Donald Trampni Tehronga tahdidlarining ehtimoliy oğir oqibatlari haqida ogohlantirdi.
«Tramp avantyurizmga qöl urgani Amerika xalqiga aniq bölişi kerak (...). Ular Amerika harbiylarining xavfsizligi haqida öylaşi kerak edi», deb yozdi X ijtimoiy tarmoğida Milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Larijoniy.
Uning ta’kidlaşiça, Trampning tahdidlaridan keyin AQŞ va Isroilning «tajovuzkor pozitsiyasiga» şubha qolmagan.
«Norozilik bildirayotgan dökon egalari va vaziyatni keskinlaştiriş uçun maxsus ötkazilayotgan aksiyalar örtasida farq bor. Tramp şuni bilişi kerak ediki, içki işlarimizga AQŞ aralaşuvi butun mintaqani beqarorlaştiradi va Amerika manfaatlariga zararli ta’sir körsatadi», deb ta’kidladi Larijoniy.
Öz navbatida, Eron oliy rahbari maslahatçisi Ali Şamxoniy Trampning sözlariga izoh berar ekan, «Eron milliy xavfsizligi bizning qizil çiziğimiz, şunçaki öylamay yozilgan postlar uçun mavzu emas», deb ta’kidladi.
Avvalroq Tramp Eron xavfsizlik kuçlari namoyişçilarni öqqa tutsa, AQŞ namoyişçilarga qurolli yordam berişini aytgandi.
Eronda ommaviy norozilik namoyişlari bir neça kundan beri davom etmoqda. Odamlar milliy valutaning keskin qadrsizlanişi fonida köçalarga çiqayotgani ta’kidlanmoqda.













