Özbekistonning Kuvaytdagi elçixonasi diplomatlaridan iborat delegatsiyaning Bağdodga taşrifi davomida Iroq Bojxona qömitasi rahbari Samir Qasim Davud bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Uçraşuvda Özbekistondan eksport yuklari Iroqqa kelganda amalga oşiriladigan tartib-taomillar, qöşilgan qiymat soliği (QQS) hamda bojxona tölovidan taşqari mavjud ehtimoliy tölovlar masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar Iroqqa mahsulotlar eksport qilinişida ayrim davlatlar uçun alohida bojxona tariflari mavjudligi haqidagi masalani ham muhokama qildi.

Öz navbatida, Iroq tomoni Iroqda faqat bojxona va QQS tölovlari mavjud ekani, ular ham Iroq Bojxona qömitasi tomonidan nazorat qilinişi, bojxona tariflari aksar davlatlar uçun bir xil belgilangani va faqat Iordaniya bilan öziga xos tariflar mavjudligini ma’lum qildi.

Muzokaralarda ikki davlat bojxona qömitalari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, bu borada tegişli hujjatni işlab çiqiş masalalari körib çiqildi. Suhbatdoş avvalgi bosqiçda Özbekiston va Iroq bojxona qömitalari örtasida özaro anglaşuv memorandumini imzolaş maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

Şuningdek, Özbekistondan Iroqqa oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini, Iroqdan Özbekistonga xurmo va boşqa turdagi mahsulotlarni eksport qilişda “yaşil koridor” tizimini yölga qöyiş, şuningdek Baghdad International Fair xalqaro körgazmasida Özbekiston paviloni uçun olib kelinadigan mahsulotlarni Bağdodga kiritişda bojxona tekşiruvlarini yengillaştiriş masalalari muhokama qilindi. “Yaşil koridor” böyiça masala Iroq Savdo vazirligi mas’ul ekani qayd etildi.

Taşrif doirasida delegatsiya Anbar provinsiyasi Savdo palatasi raisi Omir Alaviy bilan ham uçraşuv ötkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlari va qöşma tadbirlarni amalga oşiriş masalalari muhokama etildi.

Muzokaralarda uçta asosiy yönalişga e’tibor qaratildi: Iroqda Özbekiston korxonalarining filiallarini oçiş, özbek eksportyor kompaniyalarining savdo uylarini taşkil etiş hamda özbek mahsulotlari uçun Bağdodda omborxonalarni ijaraga oliş tartiblari yuzasidan fikrlar almaşildi.