Kun.uz Rossiyaning Xabarovsk şahrida milliy gvardiya maxsus bölinmasi (OMON) kaltaklab öldirgan özbek mavzusi ortidan faollar bilan suhbat ötkazdi. Siyosatşunos Farhod Tolipov fikriça, bu Rossiyaning bugungi davlatçilik xarakterini tasvirlaydi. Ehtimoliy huquqbuzarliklar uçun ularni vahşiylarça kaltaklaş, qörquvda uşlaş savollarni köpaytirişi kerak. Biror vazir yoki elçining odami şunday xörlanganda butunlay boşqaça reaksiya bölardi, deydi suhbatda qatnaşganlar.

Rossiyaning Xabarovsk şahrida kafelardan biridagi reyd çoğida kaltaklangan özbeklardan ikkitasi komaga tuşib qolgani haqida xabar bergan edik. Özbekiston TIV vaziyat yuzasidan munosabatini e’lon qilgan, unga köra, Xabarovsk prokuraturasi va Rossiya TIVning Xabarovskdagi idorasiga nota yuborilgan. Biroq ayni dam marhumning jasadi Rossiyada qolmoqda va örganiş işlari davom etyapti.

Kun.uz bilan gaplaşgan Özbekiston TIV rasmiy vakiliga köra, jasadning hali-hanuz Rossiyada qolişiga sabab mazkur vaziyat yuzasidan örganiş işlarining olib borilişi. Ya’ni marhum OMON zarbasidan halok bölganmi yoki yöq – aniqlaştirilmoqda. Biroq voqea 12 dekabr kuni sodir bölgan va yaqinda 1 oy böladi.

Suhbatda qatnaşgan siyosatşunos Farhod Tolipovning fikriça, bu holat katta siyosatning bir qismi.

“Sönggi yillarda Rossiyaning ittifoqdan qolgan imperialistik siyosati qayta uyğondi. Propagandistlar, davlat sözlovçilari, millatçilardan taşqari oddiy ruslar ham işlaşga borganlarga kelgindi deb qaraydi va siğiştirmaydi. Bu bugungi Rossiya davlatining xarakterini tasvirlaydi”, deydi u.

Jamiyatşunos Mahmud Yöldoşevning aytişiça esa hali-hanuz yoşi katta odamlarning Rossiyaga bölgan simpatiyasi va bu davlatning ikkinçi uyidek körişi – migrantlar oqimi kamaymasligiga sabab bölmoqda.

“Bir odam ölib ketyapti, ikkinçisi esa ölar holatda yotibdi. Nega Özbekiston öz konstitutsiyasida yozilganidek, öz fuqarosini himoya qilişga şoşilmaydi? Biror advokat yuboriş şunçalik qiyinmidi?” - deydi jamiyatşunos.

Migratsiya masalalari böyiça ekspert Botir Şermuhammadga köra, OAVda muhokama bölgan holatlar yuzasidangina TIVning munosabati e’lon qilinişi, oradan 1 oy ötib ham jasadning Rossiyada qolib ketişi – diplomatik korpus passiv işlaşini körsatadi.

“Avvalo statistikaga töxtalsak, bu manipulyatsiya. Negadir Rossiya bergan va Özbekiston körsatgan raqamlar bir-biriga mos kelmaydi. Biz migrantlar kamaydi deb körsatiş uçun özimizni aldaymiz. Men mahallamda, atrofda Rossiyaga boruvçilar kamayganini his etganim yöq. Oxirgi holatga kelsak, bu OAVda körganimiz, undan taşqari kunlik ezilayotganlar qança? Qança fuqaromiz bugun Rossiya qamoqxonalarida ötiribdi? TIV bu haqida bilmaymiz degan”, deydi Botir Şermuhammad.

Faollar fikriça, muhojirlarning xorijda işlaşni tanlaşi – tizim xatosi. Aksariyat hollarda ular öz yurtida iş yoki qulay şart-şaroit topolmagani ortidan xorijga yöl olgan. Biroq bu yurtdoşlarimiz davlatning himoyasini his etib turişi kerak. Migrantlarga raqamlar emas, inson sifatida qaraş boşlansagina ma’lum natija böladi, deydi faollar.

Suhbatni Kun.uz’ning YouTube dagi sahifasi, jonli efirlar bölimidan töliq tomoşa qilişingiz mumkin.

Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.