Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahri hissasiga töğri kelib, bu yerda 6,9 trln sömlik rezina va plastmassa buyumlari işlab çiqarilgan. Toşkent viloyatida esa 4,2 trln sömlik mahsulot tayyorlangan.
Şu bilan birga, Farğona viloyatida işlab çiqariş hajmi 1,9 trln sömni taşkil etgan bölsa, Samarqand viloyatida 1,3 trln sömlik rezina va plastmassa buyumlari işlab çiqarilgan. Sirdaryo viloyatida ham mazkur yönalişdagi işlab çiqariş 1 trln sömga yetgan.
Qolgan hududlarda Andijon viloyatida 770,7 mlrd söm, Namangan viloyatida 752 mlrd söm, Jizzax viloyatida 463,1 mlrd söm, Navoiy viloyatida 369,5 mlrd söm, Buxoro viloyatida 318,8 mlrd sömlik rezina va plastmassa mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida 198,1 mlrd söm, Qaşqadaryo viloyatida 172,8 mlrd söm, Xorazm viloyatida 154,6 mlrd söm, Surxondaryo viloyatida 103,4 mlrd sömlik işlab çiqariş qayd etilgan.
Ma’lumotlarga köra, 2025 yilning 11 oyi yakunlari rezina va plastmassa buyumlari işlab çiqariş hajmida barqaror ösiş kuzatilayotganini körsatmoqda.
















