Rossiya AQŞ harbiylari tomonidan Venesuelaning sobiq davlat rahbari Nikolas Maduro qölga olinganidan keyin mamlakat prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan sobiq vitse-prezident Delsi Rodrigesni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. “Rossiyaning Venesuela xalqi va hukumati bilan özgarmas hamjihatligini tasdiqlaymiz. <...> Öz navbatida, bizga döst bölgan Venesuelaga zarur kömakni körsatişni davom ettirişga tayyor ekanimizni bildiramiz”, — deyiladi RF Taşqi işlar vazirligining seşanba, 6 yanvar kuni TIV saytida e’lon qilingan bayonotida. Hujjatda, şuningdek, Venesuelaga “heç qanday vayronkor taşqi aralaşuvsiz, öz taqdirini özi belgilaş huquqi kafolatlanişi şart” ekani aytilgan va “yuzaga kelgan vaziyatni deeskalatsiya qiliş”ga çaqiriq bor.
Rodriges 5 yanvar kuni parlament (Milliy assambleya) oldida qasamyod qilgan. RF TIVning fikriça, bu qadam Venesuela hukumatining “hokimiyat vertikalini” saqlab qoliş, “konstitutsion inqiroz xavflarini bartaraf etiş” va “taşqaridan bölayotgan oçiqdan oçiq neokolonial tahdidlar hamda qurolli tajovuz” şaroitida mamlakat taraqqiyoti uçun şaroit yaratiş borasidagi qat’iyatini namoyon etadi.
Bu — Maduro qölga olinganidan beri Rossiya TIVning Venesueladagi vaziyat haqidagi törtinçi bayonoti. Ilgarigi uç bayonot 3 yanvar kuni — AQŞ harbiy operatsiyasi kuni e’lon qilingan edi. Öşanda Rossiya rasmiylari Amerika tomoni “Bolivar Respublikasiga qarşi qurolli tajovuz harakatini amalga oşirdi”, deb bildirgan. Şu kuni çiqqan ikkinçi va uçinçi bayonotlarda esa TIV Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresning qölga olinişi böyiça “darhol oydinlik kiritiş”ni, keyin esa ularni ozod qilişni talab etgan.
Bundan taşqari, 3 yanvar kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Delsi Rodriges bilan telefon orqali suhbat ötkazgan. Jumladan, u “qurolli tajovuzga duç kelgan Venesuela xalqi bilan qat’iy hamjihatlik”ni bildirgan.
3 yanvar kuni “Mutlaq qat’iyat” nomli harbiy operatsiya doirasida Nikolas Maduro va uning turmuş örtoği Siliya Flores AQŞ maxsus kuçlarining “Delta” bölinmasi tomonidan qölga olingan va Venesueladan olib çiqib ketilgan: avval AQŞ Dengiz kuçlarining Guantanamo bazasiga, keyin esa Nyu-Yorkka. U yerda 5 yanvar kuni uning iştirokida ilk sud majlisi bölib ötgan.
AQŞ hokimiyati Maduroga “narkoterrorizm”, qurol saqlaş va diplomatik pasportlarni sotiş böyiça rasmiy ayblovlar qöygan. Xususan, siyosatçi Cartel de los Soles jinoiy guruhini boşqarganlikda ayblanmoqda (bu guruh AQŞda avvalroq terroristik deb e’lon qilingan), şuningdek, u rafiqasi, öğli va hamkorlari bilan birga kokain işlab çiqariş va taşiş bilan şuğullanuvçi Kolumbiya guruhlari bilan til biriktirganlikda ham ayblanadi. Maduro bu ayblovlarni rad etadi.












