Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda
Tramp AQShni 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqarish haqida memorandumni imzoladi, shu jumladan 31 tasi - BMT shafeligidagi tuzilmalardan. AQSh prezidenti ma’muriyati ularni “isrofgarchilikka yo‘l qo‘yadigan, samarasiz, zararli” deb hisoblaydi.
Foto: REUTERS/Evelyn Hockstein
AQSh prezidenti Donald Tramp memorandum imzoladi, unga ko‘ra, AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatadi. Bu haqda Oq uyning X’dagi mikroblogida 7 yanvar, chorshanba kuni ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, AQSh chiqadigan tashkilotlardan 31 tasi BMT shafeligida, 35 tasi esa ushbu butunjahon tashkilotidan tashqarida faoliyat yuritadi. Oq uy ma’lumotida aytilganidek, ularning barchasi “endi AQSh manfaatlariga xizmat qilmaydi”.
Bu tashkilotlarning to‘liq ro‘yxati Oq uy saytida keltirilgan. Unda, jumladan, quyidagilar bor:
- Ukraina Ilmiy-texnologik markazi (UITM) — ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini oldini olishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan;
- Venetsiya komissiyasi;
- BMT bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalasi bo‘yicha maxsus vakili ofisi;
- BMT Demokratiya jamg‘armasi va boshqalar.
Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Marko Rubioning ushbu mavzuga oid bayonotida aytilishicha, Donald Tramp ma’muriyati mamlakat a’zoligi to‘xtatilayotgan tashkilotlarni “isrofgarchilikka yo‘l qo‘yadigan, samarasiz, zararli”, “yomon boshqariladigan”, “takrorlanuvchi (ortiqcha)” yoki “bizning (AQShning — tahr.) davlat suverenitetimizga, erkinliklarimizga va umumiy farovonligimizga tahdid soluvchi” deb baholagan.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
19:04 / 08.01.2026
AQSh Venesuela nefti hisobiga barrel narxini 50 dollarga tushirmoqchi – OAV
15:55 / 08.01.2026