Toşkent şahrining Uçtepa tumani hokimligi vakilining noqonuniy harakatiga çek qöyildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Hokimlikning Uy-joy kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş bölimi boş mutaxassisi noqonuniy ravişda tadbirkordan 3 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

U göyoki 2026 yilda tuman hududida buzilişi lozim bölgan savdo dökonlari va boşqa manzillar röyxati tuzilayotganini aytib, tadbirkorga tegişli dökonni tuman hokimligida yuqori lavozimda işlovçi yaqin aloqalari orqali mazkur röyxatga kiritmaslik hamda buzdirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Boş mutaxassisga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.