Ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov töyda qöşiq kuylayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Unda vazir öziga uzatilgan pullarni olayotgani köringan. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Sirojiddin Ösarov holat yuzasidan Kun.uz'ga izoh berdi.

Unga köra, tarqalgan videodagi holat 2025 yil 25 oktyabr kuni, vazirlik xodimining nikoh töyida bölgan.

“Videoda vazir Ozodbek Nazarbekovga muxlislar tomonidan pul uzatilgani aks etgan. Şu bilan birga, vazir uşbu holatni oldindan rejalaştirmagani, yuzaga kelgan vaziyatda fuqarolarning xohiş-irodasini rad etiş ularni omma oldida noqulay ahvolga solib qöyişi, kamsitiş yoki mensimaslik sifatida notöğri talqin qilinişi mumkinligi inobatga olingan holda, holatga ijobiy munosabat bildirilganini kuzatiş mumkin.

Eslatib ötamiz, töy marosimlarida xonandalarga pul uzatiş yoki uzatmaslik amaldagi qonunçilik bilan taqiqlanmagan bölib, bu holat xalqimiz orasida asrlar davomida şakllangan milliy urf-odat va qadriyatlarning bir qismi hisoblanadi. Özbekona an’analarda bunday jarayonlar “orzu-havas” sifatida e’tirof etilib kelinadi”, deyiladi vazirlik izohida.

Qayd etilişiça, Ozodbek Nazarbekov – nafaqat madaniyat vaziri, balki taniqli özbek xonandasi, Özbekiston, Qoraqalpoğiston, Tojikiston va Qirğiziston xalq artisti, şuningdek Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi hisoblanadi. Uning kasbiy faoliyati bevosita milliy qöşiqçilik san’ati bilan boğliqligi sababli, töy marosimida kuzatilgan holat vazirning kasbiy faoliyati bilan boğliq vaziyat sifatida baholanişi lozim, deydi vazirlik rasmiysi.

“Xulosa örnida ta’kidlaş joizki, har bir inson egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, öz tanlagan kasbidan ayro böla olmaydi. Mazkur holat ham aynan şu nuqtayi nazardan kelib çiqqan”, deyiladi izohda.

Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi holat yuzasidan Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritgan.

2024 yilda Ozodbek Nazarbekov Kingsman kiyim dökonini reklama qilib çiqqandi. Öşanda holat muhokamalarga sabab bölgaç, vazirning matbuot xizmati u bundan heç qanday moddiy manfaatdorlikni maqsad qilmaganini bildirgandi