Turizm | 12:18 / 10.01.2026
645
2 daqiqa o‘qiladi

Statistika: 2025 yilgi tibbiy turizm ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 80 653 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Kelganlar orasida eng katta ulush Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: AFP

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida tashrif buyurgan xorij fuqarolari soniga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, hisobot davrida mamlakatga 80 653 nafar chet el fuqarosi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun kelgan.

Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelganlarning asosiy qismi qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Tojikistondan — 55 851 nafar, Qirg‘izistondan — 14 296 nafar, Qozog‘istondan — 7 633 nafar fuqaro kelgan.

Shuningdek, Rossiyadan — 1 820 nafar, Afg‘onistondan — 678 nafar, Turkmanistondan — 219 nafar xorij fuqarosi davolanish uchun tashrif buyurgan. Bundan tashqari, Turkiya (47 nafar), AQSh (15 nafar), Xitoy (15 nafar) hamda Ozarboyjon (10 nafar) fuqarolari ham mazkur maqsadda O‘zbekistonga kelgani qayd etilgan. Boshqa davlatlardan kelganlar soni esa 69 nafarni tashkil etgan.

Mutaxassislar qayd etishicha, bunday ko‘rsatkichlar mamlakatda tibbiy xizmatlar bozorining kengayishi, diagnostika va davolash xizmatlari turlarining ko‘payishi, shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan aloqalarning faolligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid