Eron sönggi şohining öğli şahzoda Rizo Pahlaviy mamlakat aholisini umummilliy iş taşlaşlar ötkaziş va norozilik namoyişçilariga şaharlarni egallaşda yordam berişga çaqirdi.
«Maqsadimiz şunçaki köçalarga çiqiş emas, maqsadimiz şaharlarni egallaş va himoya qilişga tayyorlaniş. Bu maqsadga turli yönalişlardan foydalaniş, şaharlarning markaziy hududlarida köproq odam töplaş va turli aholi qatlamlarini birlaştiriş orqali erişiş zarur», — dedi Rizo Pahlaviy X tarmoğidagi murojaatida.
U şuningdek, harbiylarni «qatağon maşinasi»ni zaiflaştiriş va «uni butunlay işdan çiqariş uçun» xalq tarafiga ötişga çaqirdi.
Şahzoda «inqilob ğalaba qilgan kuni» vatanga qaytiş va xalq bilan birga bölişga tayyorgarlik körayotganini aytdi.
«Bu kun yaqin qolganiga işonaman», — deya qöşimça qildi u.
Eronda dekabr oyi oxiridan boşlangan norozilik namoyişlari butun davlat böylab keng tarqalmoqda. Politsiya minglab odamlarni qölga olgan, 200dan ortiq inson halok bölgani aytilmoqda.













