Bernama'da qayd etilişiça, Malayziyaning Toşkentdagi elçixonasi ma’lumotlariga köra, turizm va ta’lim ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşning asosiy ustuvor yönalişlari sifatida belgilangan.

Malayziyaning Özbekistondagi elçisi Ilhom Tuax Ilyosning ta’kidlaşiça, bu yönalişlardagi hamkorlikni faollaştiriş Malayziyaning Visit Malaysia 2026 davlat dasturi maqsadlariga ham mos keladi. Şuningdek, Malayziyaning Batik Air aviakompaniyasi Toşkent va Langkavi oroli örtasida qöşimça töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyişi rejalaştirilgan.

Qöşimça reyslar yölga qöyilişi mamlakatlar örtasida sayyohlar almaşinuvini köpaytiriş, xalqaro aloqalarni mustahkamlaş, savdo, investitsiya hamda madaniy almaşinuv uçun yangi imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga köra, hozirda Uzbekistan Airways, Batik Air Malaysia va Air Asia aviakompaniyalari tomonidan ikki mamlakat örtasida haftasiga 8 ta töğridan töğri aviaqatnov amalga oşirilmoqda.

Ta’lim yönalişida elçi özbek yoşlari uçun Malayziyada öqiş imkoniyatlarini tarğib qiliş böyiça işlar davom ettirilişini, ayniqsa, Malayziyaning şimoliy ştatlarida joylaşgan universitetlar jalb etilişini aytgan. Maqolada keltirilişiça, 2025 yilda Malayziyaning davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarida 600 nafardan ortiq özbekistonlik talaba tahsil olgan va Malayziya tomoni joriy yilda ular sonini köpaytirişni maqsad qilgan.

Şuningdek, Batik Air'ning töğridan töğri reyslari nafaqat Özbekiston, balki Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyadan kelgan yölovçilarga ham Toşkent orqali Langkaviga sayohat qiliş imkonini berişi qayd etilgan. Bundan taşqari, qişki turizmga qiziquvçi malayziyaliklar uçun Toşkentdan bir soatlik masofada joylaşgan Çimyon toğlari manziliga safar qiliş imkoniyati alohida tilga olingan.

Maqolada sönggi yillarda sayyohlar oqimi ösib borayotgani ta’kidlanib, 2025 yilda Özbekistonga 11 mingdan ortiq malayziyalik sayyoh taşrif buyurgani, bu yil esa körsatkiç yana ortişi kutilayotgani bildirilgan.