Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faol korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha top-5 hudud e’lon qilindi
2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 474,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning katta qismi — 403,8 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida kichik biznesning ulushi va faolligi yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida esa faol korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha top-5 quyidagicha:
- Toshkent shahri — 108 678 ta;
- Toshkent viloyati — 46 479 ta;
- Samarqand viloyati — 41 091 ta;
- Farg‘ona viloyati — 37 846 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 30 424 ta.
Qayd etilishicha, ro‘yxatda birinchi o‘rinni Toshkent shahri egallagan bo‘lib, undagi faol sub’yektlar soni keyingi hududlar ko‘rsatkichlaridan sezilarli darajada yuqori.
Mavzuga oid
15:07 / 19.03.2026
Meva-sabzavot eksporti: O‘zbekiston 99 mln dollarlik mahsulot sotdi
15:05 / 16.03.2026
Yanvarda kichik biznes hissasiga 6 trln so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri keldi
14:44 / 16.03.2026
MChJ O‘zbekistondagi eng ommalashgan biznes shakli bo‘lib qolmoqda
12:41 / 16.03.2026