Tanişining Onix maşinasini boşqargan Hadiçabonu Habibullayeva sun’iy dönglik bilan ajratilgan piyodalar yölagidan ötayotgan 31 yoşli ayolni va uning yonidagi ikki nafar yoş bolani urib yuborgan. Oqibatda ayol oğir tan jarohati olib, töşakka mixlanib qolgan. Ruldagi ayolning haydovçilik guvohnomasi ham, avtomobilni boşqarişga işonçnomasi ham bölmagan. Sud esa yetkazilgan zarar uçun sudlanuvçidan jabrlanuvçilar foydasiga 280 ming söm undirişni belgilagan.

Sun’iy dönglik şaklidagi piyodalar yölaklari avtomobilda odamlarni urib ketiş hollari oldi olinişiga umid qilingandi. Ammo Farğonadagi bir holatda ayol va ikki gödakni öşa sun’iy dönglik ham qutqara olmadi.

Haydovçilik guvohnomasi bölmagan Hadiçabonu Habibullayeva 2025 yil 11 oktyabr kuni tanişining Onix maşinasini boşqargan. U Farğona şahrining köçalaridan birida sun’iy dönglik bilan ajratilgan piyodalar yölagidan ötayotgan 31 yoşli Dilafruz Sayfullayeva, uning 3 yoşli öğli Yasinboy Abdurahmonov hamda 2,5 yoşli jiyani Hadiya Qodirovalarni urib yuborgan. Zarba kuçidan ayol va bolalar bir neça metrga uçib ketgan.

Dilafruz Sayfullayeva
Hadiya Qodirova
Yasinboy Abdurahmonov

Oqibatda oğir tan jarohati olgan Dilafröz Sayfullayeva hamon töşakka mixlanib yotibdi. Ma’lum muddat şifoxonada davolanib çiqqaniga qaramay uning öğli va jiyanida “avtoavariya” asoratlari saqlanib qolgan.

“Maşina urgan paytda qizim, ikki nevaram uç tarafga uçib ketgan. Maşina boşqargan qizning “prava”si ham bölmagan. Bir tanişining maşinasini beruxsat minib çiqqan ekan. Qizim şifoxonada davolanganiga qaramay haligaça töşakka mixlanib yotibdi. Yonidagi çoyni ham olib iça olmaydigan holatda. Nevaralarimda ham “avariya” asoratlari qolgan, miyalari çayqalgan. Keçalari bezovta bölib uxlay olmay tagini höllab qöyişyapti. Ilgari unday holat kuzatilmagandi. Eng açinarlisi, qizim va nevaralarimni şu holga solgan haydovçi ayol yordam beriş örniga konsertlarda, töy-tomoşalarda mazza qilib öynab yuribdi. Pinagini ham buzgani yöq. Sud hukmidan norozimiz. Holatga nisbatan juda yengil hukm çiqarildi.

Turmuş örtoğim II guruh nogironi, özim pensionerman. Topgan pulimizni qizimiz soğligini tiklaşga sarf qilyapmiz. Öşa ayolga noilojlikdan qönğiroq qilib dori-darmonga yordam sörasam vaqtim yöq, işlarim köp, deb bahonalar bilan telefonni qöyib qöyadi”, deydi Dilafröz Sayfullayevaning onasi Guljamol Qodirova.

Guljamol Qodirova

Holat yuzasidan tergov bölib ötgan. Hadiçabonu Habibullayevaga munosib xulq-atvorda böliş haqida tilxat ehtiyot çorasi qöllangan va iş sudga oşirilgan.

Hadiçabonu Habibullayeva sudda jabrlanuvçi tomonning davolanişi uçun tanişi, ya’ni u boşqargan maşina egasi tomonidan 20 mln sömdan ortiq, özi tomonidan esa 18 mln 750 ming söm pul sarflanganini, qöşimça yana 20 mln söm bermoqçi bölgani, ammo Dilafröz Sayfullayeva hamda uning qonuniy vakili 100 mln söm söragani haqida körsatma bergan.

Jabrlanuvçi Dilafröz Sayfullayeva esa öz körsatmasida şifoxonadan çiqqandan söng sudlanuvçi holidan xabar olmay qöygani bildirgan. Şuningdek, u uzoq muddat davolanişi lozimligi sababli Hadiçabonu Habibullayevadan 100 mln söm söraşganini, ammo sudlanuvçi uşbu mablağni berişdan boş tortayotgani aytib, suddan unga qonuniy çora körişni söragan.

JIB Farğona şahar sudi hukmi bilan Hadiçabonu Habibullayeva Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Şuningdek, sud hukmi bilan Hadiçabonu Habibullayevadan jabrlanuvçi foydasiga 280 ming söm moddiy zarar undiriş belgilangan.

Hadiçabonu Habibullayevaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça jabrlanganlarga 70 mln sömga yaqin xarajat qilgan.

Sud hukmidan norozi bölgan jabrlanuvçi va qonuniy vakil yuqori instansiya sudiga apellyatsiya şikoyati kiritgan. Dilafröz Sayfullayeva sud iş holati böyiça Hadiçabonu Habibullayevaga yengil jazo tayinlagan, deb hisoblamoqda. Qolaversa, u yetkazilgan zarar sudlanuvçi tomonidan qoplanmaganini ta’kidlayapti.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismidagi qilmiş, ya’ni transport vositasini boşqaruvçi şaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş badanga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilişiga sabab bölişi 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qilib, BHMning 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.