Qozoğiston Transport vazirligining Transport hodisalari va insidentlarini tergov qiliş departamenti 13 yanvar kuni Qozoğiston havo hududida Moskvaga/Moskvadan uçib kelgan ikkita yölovçi samolyotining xavfli yaqinlaşuvi bilan boğliq jiddiy aviatsiya insidentini tekşiriş uçun maxsus komissiya tuzilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Nur.
10 yanvar kuni erta tongda Qozoğistonning Çimkent tumani dispetçerlik markazi mas’uliyat zonasida «Pobeda» aviakompaniyasining Vnukovodan Samarqandga DP-997 reysini amalga oşirayotgan Boeing 737-800 samolyoti va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Termizdan Vnukovoga HY-9609 reysini amalga oşirayotgan Airbus A320neo samolyoti örtasida minimal eşelon intervali buzilgan.
Bortlar qarama-qarşi yönalişlarda harakatlangan: birinçisi 350 eşelonda (35 000 fut yoki 10 668 metr), ikkinçisi esa qarama-qarşi 360 eşelonda (36 000 fut yoki 10 972 metr). «Pobeda» ekipaji köp ötmay qozoğistonlik dispetçerdan 370 eşelonga (37 000 fut yoki 11 277 metr) kötarilişni söragan va u adaşib, unga band bölgan qarama-qarşi eşelonni kesib ötiş uçun ruxsat bergan.
Balandlikka kötariliş boşlanganidan söng, ikkala samolyotda ham Resolution Advisory (RA) rejimida havodagi samolyotlar töqnaşuvining oldini oliş tizimi (TCAS) işga tuşgan.
Uşbu rejimda TCAS samolyotlar örtasida vertikal böyiça 600 fut (yoki 183 metr) va undan kam, gorizontal böyiça esa 2,1 milya (3,38 km) va undan kam masofa qolganda yoki havo kemalarining tezligini hisobga olgan holda ehtimoliy töqnaşuvga 25 soniya va undan kam vaqt qolganda işlaydi. Aynan RA rejimida TCAS ekipajni haqiqiy töqnaşuv xavfi haqida ogohlantiradi va unga darhol balandlikka kötariliş yoki pastga tuşiş buyruğini beradi. Uşbu TCAS buyruqlari dispetçerlik körsatmalaridan ustun turadi.
Maksimal 35 323 fut balandlikka kötarilişga ulgurgan «Pobeda» samolyotida TCAS uçuvçilarga zudlik bilan pastga tuşişni, Uzbekistan Airways ekipajiga esa aksinça, zudlik bilan balandlikka kötarilişni buyurdi. Uçuvçilar belgilangan manyovrlarni bajardi, şundan söng minimal intervallar yana tiklandi va TCAS signalizatsiyasi töxtadi. Ta’kidlanişiça, şundan söng ekipajlar dispetçerga hodisa haqida hisobot berdi va parvozni odatdagidek davom ettirib, belgilangan manzilga qöndi.
Endi hodisa Qozoğiston Transport hodisalari va insidentlarini tergov qiliş departamenti tomonidan örganiladi.











