Saudiya Arabistoni, Qatar va Ömon rasmiylari AQŞ prezidenti Donald Trampni Eronga hujum qilişdan voz keçişga köndirdi, dedi AFP agentligiga saudiyalik yuqori martabali amaldor.
«Körfazning uç mamlakati sönggi daqiqada prezident Trampni Eronga öz yaxşi niyatini namoyiş etiş imkoniyatini berişga köndiriş uçun köp urinişli diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oşirdi», dedi amaldor.
Uning sözlariga köra, mamlakatlar «erişilgan işonçni mustahkamlaş va hozirgi ijobiy muhitni saqlab qoliş» uçun AQŞ bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab davlatlari AQŞ rasmiylaridan Tehronga zarba berişdan tiyilişni söradi, çunki Eron rejimini ağdarişga uriniş neft bozorlarida tartibsizliklarni keltirib çiqaradi va oxir-oqibat AQŞ iqtisodiyotiga zarar yetkazadi, deb yozgan edi avvalroq The Wall Street Journal gazetasi.
Eronning Pokistondagi elçisi Rizo Amiriy Muğodamning ta’kidlaşiça, Donald Tramp allaqaçon Tehronga mamlakatga hujum qilmasligini ma’lum qilgan va bunga javoban bosiqlik körsatişni va mintaqadagi Amerika obektlariga zarba bermaslikni söragan.
Eronda norozilik namoyişlari boşlanganidan keyin Donald Tramp AQŞ namoyişlarning tarqatilişi va rasmiylarning namoyişçilarga bosimi tufayli bir neçta «juda qattiq» harakat variantlarini körib çiqayotganini aytdi. The New York Times naşrining yozişiça, Trampga Eronga yangi zarbalar berişning bir neça variantlari, jumladan, Tehrondagi noharbiy obektlarga zarba beriş variantlari taqdim etilgan. Biroq, 14 yanvar kuni Tramp «işonçli manbalarga» köra, Eron rasmiylari namoyiş iştirokçilarini qatl etişdan boş tortganini aytdi.













